Misr sudi shanba kuni “Musulmon birodarlar” tashkilotining Misrdagi bo’limi etakchisi Muhammad Badiy va tashkilotning yana 13 nafar tarafdorlarini tartibsizliklarni keltirib chiqarish va zo’ravonliklarda aybdor deb topib o’lim jazosiga hukm qildi.
Shuningdek sud harakatning 37 a’zosini umrboq qamoq jazosiga mahkum etdi. Umrbod qamoq jazosiga mahkum etilganlar orasida Amerika va Misr fuqaroligiga ega Muhammad Sulton ham bor bo’lib, sud uni “Musulmon birodarlar” tashkilotini qo’llab-quvvatlash va yolg’on axborot tarqatishda aybdor deb topdi.
Turkiston:
Amerikaning qo’llab-quvvatlashi ortidan “Musulmon birodarlar” tashkiloti aksar xalqning qo’llovini qo’lga kiritib, parlamentda salmoqli o’rinni egalladi va “Musulmon birodarlar” harakatining siyosiy “qo’li” bo’lgan “Hurriyat va Adolat” partiyasi raisi Muhammad Mursiy prezidentlik saylovida g’alaba qozondi.
Mursiyning g’alaba qazonishiga asosiy sabab garchi u shariatni tilga olgan va islomiy harkat hisoblangan “Musulmon birodarlar” tashkilotining siyosiy maydonga olib chiqqan bo’lsada Xalifalikni emas, balki demokratiyani olg’a surgani sababli AQSh va G’arb davlatlari unga keng yo’l ochib berdi. Iqtidorga kelgunga qadar Mursiy ham, “Musulmon birodarlar” harakatining etakchilari ham fuqarolik davlati va demokratiyaga chaqirishni boshlab yuborgan edi.
Hatto, Muhammad Mursiy ochiqchasiga “Jamoa Misrda islomiy shariatni majburan kirgizishga harakat qilmaydi. Vatanparvarlik fikri shariatdan ustundir, u barcha misrliklarni jamlaydi”, – degan edi.
Amerika siyosiy ong va muayyaan islomiy dasturga ega bo’lmagan “Musulmon birodarlar” harkatini Misrda hokimiyat tepasiga olib kelishdan ko’zlagan asosiy maqsadi butun dunyoga, jumladan musulmonlarga Islom dini bugungi kunda boshqaruvga yaramasligi va islomiy qonunlar bilan yashab bo’lmasligini ko’rsatib qo’ymoqchi bo’lgan edi. Shu sababli ham avval boshdan “Musulmon birodarlar” harakatini keng ko’lamda qo’llab-quvvatlab keldi. Harakat o’z vazifasini ado etib bo’lgach esa uni hokimiyatdan chetlashtirdi. Yangi bo’lgan prezident Sisi harakat faoliyatini mamlakat hududida ta’qiqlab, a’zolariga qarshi keng ko’lamli ta’qiblarni boshlab yubordi. Ayni vaqtda harakatning olti yuzga yaqin etakchi va a’zolari o’lim jazosi hukm qilinigan bo’lsa, ko’plari umrbod qamoq jazosi mahkum etildi.