2015 yil 7 aprel kuni Aprel revolyutsiyasining 5 yilligini nishonlab Bishkek shahrining “ Ala-Too” markaziy xiyobonida yig’ilgan xalq oldida Atambaev rasmiy chiqish qildi
O’z so’zi davomida Atambaev jumladan, “ 7 aprel kuni xalq haqiqat, adolat talab qilib maydonga chiqqan! Qul bo’lmaymiz, yana qaytadan Qo’qon xonligining quli bo’lmaymiz. Tiz cho’kib yashagandan, tik turib o’lamiz”, – dedi.
Qirg’iziston janubida O’zbekistonning ta’siri kuchayib borayotgani sezila boshladi. Bu bosqinchilik bevosita O’zbekiston harbiy kuchlarining bosib olishi bilan emas, balki ular o’z manfaatlarini bizlarning quvvat egalarimiz orqali qay darajada amalga oshirayotgani bilan belgilanadi. O’zlarining Islom va Musulmonlarga qarshi kurash uslublarini, Qirg’izistonga qay darajada singdirib olib kirib kela olishlari bilan o’lchanadi.
Sud tarmog’idan tortib barcha huquqni muhofaza qiluvchi tizim izdan chiqib borayapti. Kuch organ xodimlarining oxirgi paytlardagi harakatlari prokuratura, sud va hatto inson huquqlarini himoya qiluvchi nodavlat tashkilotlar ham xuddi O’zbekiston rejimini eslatuvchi bir tomonlama harakatlanayotgani ko’rinib borayapti.
Atamboev jon kuydirib gapirayotgani balki shu bostirib kelayotgan Karimov boshchiligidagi yangi Qo’qon xonligidir. Ular Qirg’iz kuch strukturasini sotib olishyapti. Ayg’oqchilari militsiyalar homiyligi ostida ish olib borishyapti. O’zlari uchun xatarli deb bilgan shaxslarni Qirg’iz militsiyasi vositasida birin-ketin jamiyatdan chetlatib borayapti.
Bu harakatlardan O’zbekistonning maqsadi nima? Maqsadi buzuq, Atambaev tashvishlanayotganiga arzigulik.
AQSh Qirg’izistonda inqilobiy tartibsizliklar boshlab yuborgudek bo’lsa xuddi Rossiya Qrimni bosib olib, Lugansk va Donetskdagi Rus millatining milliy tuyg’ularidan foydalanib kelayotganidek, Karimov rejimi ham O’sh va Jalolobod viloyatlarida o’z ta’sirini asta-sekin kuchaytirib borayapti. Rossiya asli Ukrainaga tegishli erlarni o’zi uchun front chiziqlari qilib olib, urushni ular ishtiroki va yordami bilan, ularning erlarida olib borayotganidek, Karimov ham qulay vaziyat kelib qolishi bilan O’sh va Jalolobodni jismonan bosib olish harakatida.
Karimov rejimi bu loyihasi amalga oshishi uchun bir necha iflos uslublardan foydalanishi mumkin. Buni ular Qirg’iziston janubini, asosan o’zbeklarni millatchilikka asoslangan tuyg’ularidan foydalanib, O’zbek xalqini avtonomlik talab qilib referendum o’tkazishga erishtirish yoki to’g’ridan-to’g’ri bosib olish yo’li bilan amalga oshirilishini rejalashtirishgan. Buning uchun esa shu loyiha natija beradigan muhit paydo qilinishi kerak.
So’ngi yillar mobaynida Qirg’izistonda Islomiy muhit juda tezlik bilan kuchayib borayotgani Karimovning (Atambaev ta’biri bilan aytganimizda) Qo’qon xoni singari mintaqani bosib olish loyihasiga eng katta, balki yagona to’siq bo’lib borayapti. Millatchilikning yagona to’sig’i bo’lgan Islom dini va musulmonlar o’z etakchilaridan ayrilishi bilan ancha holsizlanadi. Bu esa jamiyatni xuddi immuniteti zaiflashgan inson singari zaif holatga olib keladi. Unga har qanday iflos mikroblar ta’sir o’tkaza oladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun Karimov rejimi –AQShning ko’magi bilan albatta – mintaqani o’z rejasi uchun musulmonlardan tozalay boshladi. Buni biz Qirg’iz militsiyasi va huquq tartibot organlari xuddi O’zbek rejimi ostida ish olib borayotgan apparatlar singari ishlay boshlaganidan ko’rib turibmiz. Ular oxirgi paytda xuddi ortida qandaydir bir kuchli quvvat turganini his qilishib, qonunni qonunbuzarlik asosida himoya qila boshlashdi. Ular javobgarlikni sezmay qo’yishdi. Buzuq bo’lsa ham qonun ustivorligi yo’qolib bormoqda.
Roshod qori Kamolovni qamoqqa olinishi o’z vaqtida O’zbekistonda katta ta’sirga ega bo’lgan Abduvali qorini yo’qotib yuborilishini eslatdi. Bu ishlar O’zbekiston xalqi uchun hozirgi kunga qadar qanday oqibatlar olib kelayotganini ko’rib turibmiz. Hizb ut-Tahrir a’zolarini hech bir asossiz qamoqlarda ushlab turilishi, Abduvali qorini jismonan yo’q qilinishi, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning sirli vafot topishi va musulmonlarga nisbatan olib borilayotgan tazyiqlar… bularning barchasi O’zbekistonda Karimov o’z rejimini kuchaytirish va saqlab turish uchun olib borilayapti.
Ammo, ayni vaqtda Qirg’izistonda olib borilayotgan O’zbekistoncha siyosat, Qirg’iz rejimini yo’q bo’lib ketishiga olib borishi mumkin. Chunki bu siyosat faqat O’zbekiston va AQSh manfaatlarini himoya qiladi. AQSh esa “Ipak yo’li “ loyihasini ilgari surish tashabbusi bilan O’rta Osiyoga Xitoyni qiziqtirayotgan bir paytda, Hizbga qarshi militsiya xodimlarini ishga solish orqali O’zbekistonni mintaqaga qiziqtirib kelayapti. Chunki AQShning mintaqadagi manfaati asosan harbiy strategik ahamiyatga qaratilgan.
Demak, bu tashqi uchinchi kuch vakillari Qirg’izistonni rossiyaparast kuchlardan tortib olish strategiyasi asosida ish olib borishayapti. O’z navbatida rossiyaparast kuchlar ham bularga qarshi bizlarni ya’ni Qirg’iziston fuqorolarini vosita qilib har xil uslublar bilan AQShparast kuchlarga qarshi ish olib borishadi. Bu esa, bir necha katta ya’ni xalqaro ta’sir quvvati kuchli bo’lgan davlatlar o’rtalaridagi manfaatlar talashuvi bo’lib, Qirg’iziston xuddi Afg’oniston singari faqat vayronagarlikdan boshqa oqibatlarni qo’lga kirita olmaydi.
Atambaev aytayotgan “Qo’qon xonligi” operatsiyasi AQSh bilan O’zbekiston o’rtasida ishlab chiqilib, Qirg’izistonning janubiy qismida shiddat bilan ish olib borilyapti. Qizig’i, ular o’z maqsadlarini bizning kuch organ xodimlarimiz vositasida amalga oshirib borayotganlarida. Demak yaqinda kuch organlari strukturasida ham bo’linishlar paydo bo’la boshlashi mumkin.
Atambaevning bunchalik jon kuydirayotganidan bir nechta xulosalar qilish mumkin. Shulardan birinchisi, prezident yuqorida borayotgan barcha ishlardan xabardor, lekin ta’sir o’tkazish quvvatiga ega emas. Ikkinchisi, kutilayotgan parlament saylovlarida tartibsizliklar vujudga kelishi mumkinligi haqida qandaydir vahimalar bor bo’lsa, millatchilik yoki yana boshqa iflos uslublar ham qo’l kelib qolishi mumkin deb, ketayotgan jarayonlar uning o’zi uchun ham ma’qul kelayapti.
Har qaysi holatda ham, Qirg’iziston yurti uchun hech narsa o’zgarmaydi. Bunga o’xshash holatlarni biz, ilgarigi ikki marotaba davlat almashgan vaqtda ko’rgan edik. Akaev ham, Bakiev ham o’zlarining boshqaruvdagi oxirgi vaqtlarida, vaziyatni o’nglash uchun uni musulmonlarga zulm qilish tomon burishga qattiq harakat olib borishgan edilar. Oqibatlari qanday xotima topgani hammamiz uchun ma’lum. Lekin ular, hozirgichalik hech qachon tashqi davlatlarga darvozalarini keng ochib berishgan emas edilar. Vaziyat haqiqatdan ham jiddiy. Qirg’izistonning janubi yangi Qo’qon xonligiga yana qul bo’lib qolishi mumkin.
Hizb ut Tahrir Qirg’iziston matbuot bo’limi raisi
11.04.2015