Navbat bolali ayollarga keldimi?

588
0

 Qirg’izistonning janubiy poytaxti hisoblangan O’sh shahrida ikkita yosh bolasi bor muslima singlimiz qamoqqa olindi.

 22 yoshli Buruloy Rahmonjon qizi shartli jazo tartibini buzish aybi bilan 11 mart kuni qamoqqa olinib, qo’lida uch oylik chaqalog’i bilan vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Buruloy Rahmonjon qizining “aybi” o’z vaqtida qayddan o’tmaganligi ekanligi aytilmoqda.

 Uning advokatlarini ma’lum qilishlaricha, hozir u uch oylik chaqalog’i bilan O’sh shahridagi vaqtinchalik saqlash hibsxonasida ushlab turilipti va jazo chorasini o’zgartirish bo’yicha sud hukmini kutmoqda.

2013 yilda Buruloy Rahmonjon qizi xonadoniga o’ndan ortiq militsiya xodimlari kelgan va tintuv o’tkazish bo’yicha ruxsatnomani taqdim qilib, tintuv o’tkazishgan. Tintuv mobaynida militsiya xodimlari 23 disk va 13 kitob topishgan. Keyinchalik o’tkazilgan ekspertizada topilgan ayrim disk va kitoblarda Xalifalikni qurish to’g’risida chaqiruvlar borligi aniqlangan. Buruloyning o’zi esa bu kitoblarni Qur’on va arab tilini o’rganaish uchun masjiddan olganini aytgan.

2013 yilning 27 iyunida bo’lib o’tgan sud muslima singlimiz Buruloyni ta’qiqlangan adabiyotlarni saqlaganlikda aydor deb topib, bir yilga shartli qamoq jazosiga hukm qilgan. Hukm kuchga kirganidan so’ng Buruloy jazoni ijro etish boshqarmasi (JIEB)ning mahalliy bo’limida ro’yxatga turishi va bir oyda bir marta kelib qayddan o’tib turishi kerak bo’lgan.

“Ammo yosh bolasi borligi sababli u o’z vaqtida ro’yxatdan o’tolmagan. Sentyabr oyida bir necha marta JIEB borgan, ammo u er gohida yopiq bo’lsa, gohida kerakli odam o’z o’rnida bo’lmagan. Shundan so’ng u uchastka militsiya noziriga uchrashib, o’zini qaerda yashayotgani haqida xabar qilgan va shuni o’zi etarli ekanligiga ishonch xosil qilgan. U oxirgi marta qayddan 2014 yilning may oyida o’tgan”, – deyiladi advokatlar bergan xabarda.

 Ma’lum bo’lishicha, 2014 yilning aprel oyida sud Buruloy Rahimjon qiziga nisbatan, shartli jazo qoidalarini bajarmaganlik sababi bilan jazo chorasini kuchaytirgan va uch yilga manzil kolloniyasida jazo o’tashga hukm qilgan. Biroq Buruloy bu hukmdan umuman bexabar bo’lgan va shu sababli ham bu hukm yuzasidan shikoyat qilmagan.

 Qirg’iziston hukumati Islom dini va uning qadriyatlariga qarshi olib borayotgan kurashida nafaqat erkaklar, balki ojiza ayollarni ham ozodlikdan mahrum etishdan uyalmay qo’ydi. Biz avval ham 1960 yilning 16 noyabrida tug’ilgan, ikkinchi guruh nogironi, besh farzandning onasi muslima opamiz Qipchakboeva Sayraxon Kenjetaevnani olti oy mobaynida vaqtinchalik saqlash hibsxonasida har qanday tibbiy yordam yoki dori-darmonlarsiz ushlab turilganidan so’ng 2014 yilning 10 sentyabr kuni Birinchi may tuman sudida sudya Subanqulov A.A raislik qilgan hamda prokuror Jamanqulov E.M va oqlovchi Junusov J.M ishtirokida sud ishi bo’lib o’tgani va sud ishida Sayraxon opamiz bilan birga 1986 yilning 17 martida Norin viloyatida tug’ilgan, oilali, ikki yosh farzandni onasi muslima singlimiz O’rozbekova Gulzina Qochqinovnaning ham ishi ko’rib chiqilgani haqida xabar qilgan edik.

Sud ishida Sayraxon opa va Gulzina singlimizni Qirg’iziston jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan ayblab, tintuv mobaynida ularning xonadonidan Hizb ut-Tahrir adabiyotlari bilan birga topilgan “Qur’onni tushunish sari”, “Bolajonlarga tuhfa”, “Tanlangan hadislar”, “Muslimalar dolzarb savollariga javoblar” kitoblarini daliliy ashyo sifatida taqdim qilinib, Sayraxon opamizga nisbatan avvalgi shartli jazoni qo’shgan holda sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan edi.

 O’rozbekova Gulzina singlimiz birinchi marotaba sudlanayotgani, qaramog’ida ikki nafar yosh bolasi borligi e’tiborga olinib uch yil muddatga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanib, bir yillik sinov muddati tayinlandi.

 Bundan tashqari, 1976 yil 5 mart kuni Jalolobod shahrida tug’ilgan To’xtaboeva Jumaziyo Suyutbekovnani 2014 yil 1 aprel kuni Bishkek shahridagi yashab turgan xonadonida tintuv o’tkazilib, tintuv vaqtida uning uyidan Hizb ut-Tahrirga tegishli bo’lgan adabiyotlar topilgani uchun Qirg’iziston jinoyat kodeksining 299 – (etnik, diniy va millatlararo nizo keltirib chiqarishga urinish) moddasi bo’yicha ayblab qamoqqa olgan edi. Keyinchalik 2014 yil 24 iyun kuni Birinchi may tuman sudida Ibraev M.T raisligida bo’lib o’tgan sud majlisida To’xtaboeva Jumaziyo singlimizni 4 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Bundan avvalroq esa, butun dunyoga ovoza bo’lib ketgan Zulfiya Omonova ishida unga nisbatan avval uy qamog’i, keyinchalik esa 50 ming som jarima jazosi tayinlangan edi.

Hokimiyat tepasiga kelgunga qadar Novqat hodisasi bo’yicha musulmonlarning qamoqqa olinishini qoralab, “la ilaha illalloh, deb aytgani uchun odamlarni qamoqqa olish aqlga sig’adimi”, deya o’z ajablanishini izhor qilgan Atambaev, Islom va musulmonlarga qarshi oshkora kurashda jonbozlik ko’rsatgan va bu yo’lda odamlarni qatl etishdan ham toymagan Bakievdan ham o’tib tushmoqda. Yoki Atambaevning tizgini boshqa kuchlar qo’lida bo’lib, ularning nog’arasiga o’ynashga majbur bo’lmoqda.

Nima bo’lgan taqdirda ham sizu biz musulmon erkaklar uchun saqlanishi vojib nomus qatori bo’lgan muslima opa-singillarimiz taqdiriga befarq qarashlik kechirib bo’lmas holat bo’lib, Allohning azobi kelgunga qadar o’zimizni o’nglab olishimiz, hukumatdan qilayotgan va qilmoqchi bo’layotgan ishlari uchun hisobot talab qilishimiz, bunday munkar ishlarda qo’lidan tutib to’xtatib qolishimiz zarur.

Rosululloh sallollahu alayhi va sallam aytdilar: “Cizlardan qaysi biringiz biron munkar ishni ko’rsa, uni qo’li bilan o’zgartirsin, agar qo’li bilan o’zgartirishga qodir bo’lmasa tili bilan o’zgartirsin, agar unga ham qodir bo’lmasa qalbi bilan inkor qilsin. Bu esa eng zaif iymondir”.

 Abdurahmon Odilov Hizb ut-Tahrir – Qirg’iziston matbuot bo’limi a’zosi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.