Dunyoning faqatgina yigirmadan ziyod davlatlari, xususan sobiq sho’rolar mustamlakasi bo’lgan postsovet respublikalarida turlicha nom bilan nishonlanadigan 8 mart kuni Tojikistonda ham “katta shodiyona” bilan qarshi olindi.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tashabbusi bilan “Onalar kuni” deb nomlangan 8 martda ayollarni “bayram” bilan tabriklagan prezident tojik ayollarni yopichiq o’rashlarini va qora rangli kiyimlarni kiyishlarini tanqid qilib o’tdi.
“Qora libos – biz uchun yot bo’lgan madaniyat. Hatto tojiklarning motam liboslari ham qora rangda bo’lmagan”, – dedi Imomali Rahmon Dushanbe shahrida bo’lib o’tgan “tantanali marosim”da.
Imomali Rahmon Ulamolari kengashi, xotin-qizlar, yoshlar, diniy va milliy urf-odatlarni tartibga solish qo’mitalari, televideniya hamda rahbarlarga bunga o’xshash xodisalarni oldini olish bo’yicha kerakli choralar ko’rish vazifasini yukladi.
Turkiston:
Qora libos va hijob kiyish milliy madaniyatga yot ekanligini belgilab o’tgan va bunday kiyingan ayollarni tanqid qilgin Imomali Rahmon o’zi boshchiligida nishonlanayotgan 8 mart “xalqaro xotin-qizlar bayrami” bir ming uch yuz yildan ziyod vaqt mobaynida Islmo diniga e’tiqod qilib kelayotgan Tojikiston xalqi uchun tamoman begona ekanligi haqida hech o’ylab ko’rganmikan? Afsuski, bu haqida o’ylab ham ko’rmagan. Agar oz bo’lsada fikrlab ko’rganida hijob va ro’mol emas balki, bir xovuch buzuq ayollar tomonidan joriy qilingan 8 mart kunini bekor qilgan bo’lar edi.
Markaziy Osiyodagi qolgan rahbarlar singari xudosiz kommunistlar tarbiyasini olgan Imomali Rahmon ham milliy madaniyat va an’analar deganda faqatgina rus bosqinchilar tomonidan majburan tiqishtirilgan hamda “mustaqillik” yillarida o’zlari tominidan joriy qilingan narsalarnigina tushinishadi. Shu sababli ham jamiyatdan Islomga yot bo’lgan ko’rinishlarni emas, aksincha Islom qadriyatlarini surib chiqarishga intilib kelishmoqda.
Tojikistonda esa so’ngi 10 yil mobaynida uzoq muddatga ozodlikdan maxrum qilingan 300 dan ziyod Hizb ut – Tahrir a’zolari qamoq muddatlarini o’tab chiqdilar. Bu vaqt mobaynida xavfsizlik organlari qo’lida va qamoqxonalarda 10 dan ortiq Hizb yigitlari o’z e’tiqodlari uchun shaxid bo’ldilar. Bugungi kunda Tojikiston qamoqxonalarida 300 ga yaqin erkak va ayol o’z e’tiqodlari uchun qamoq mudatini o’tamoqdalar. Musulmonlarni Islomga qaytishligiga yo’l qo’ymaslik uchun Tojikiston xukumati yoshlarga masjidga borishlik, soqol qo’yishlik, uylarda Islomni o’rganishlikka ta’qiq qo’yilmoqda. Ro’mol o’raganligi va masjiddan tashqarida namoz o’qiganligi uchun pul jarimasidan tortib 15 sutkagacha qamoq jazosi belgilangan.