Qirg’izistonda SPIDga chalinganlar

488
0

Qirg’izistonda Odam Immun Taqchilligi Sindromi OITS (SPID)ga chalingan 158 odam o’tgan yili vafot etdi. OIVga chalinganlar soni esa o’tgan yilga nisbatan 15 foizga ko’paydi. Birgina o’tgan yili Qirg’izistonda OIVga chalingan 157 balog’atga etmagan bola aniqlangan, deya xabar qiladi Ozodlik.

Qirg’iziston OITS (SPID) markazi rahbari Umut Chokmorovaning aytishicha, o’tgan yili OITS (SPID)dan vafot etgan 138 odamning 8 nafari balog’atga etmagan bolalardir.

Qirg’izistonda OITS (SPID) birinchi marta 1996 yilda ro’yxatga olingan. O’shandan beri bu dardga chalinganlar soni 1 yanvargacha 4611 kishiga etgan. Ularning 706 nafari vafot etdi. 2011 yilda 599 kishi, 2012 yilda esa 724 kishining OIVga chalingani aniqlangan. Bu esa avvalgi yilga qaraganda 125 odamga ko’pdir, – dedi Umut Chokmorova.

Rasmiy mahlumotlarga qaraganda, Qirg’izistonda OIV va OITS (SPID)ga chalinganlarning 68 foizi giyohvandlardir. Kasallik, ayniqsa, ayollar va pala-partish jinsiy aloqada bo’lgan o’smirlar orasida tez tarqalayotgani aytilmoqda.
Turkiston:
Yuqorida keltirilgan raqamlar faqat davlat tomonidan ro’yxatga olingan raqamlardir. Aslida bu kasallikka chalinganlar va shu kasallik oqibatida vafot etganlarning soni keltirilgan raqamlardan bir necha barobar ortiqligi hech kimga sir emas.

Bunday illatlar g’arb bizlarni da’vat qilayotgan demokratik erkinliklarning mevasidir.

O’sha erkinlikdan kelib chiqib, oila doirasidan tashqarida qilingan jinsiy aloqalar oqibatida halokatli va yuqumli kasalliklar, jumladan, SPID, sifilis, so’zak kabi tanosil kasalliklari va boshqa kasalliklar keng tarqaldi. Har bir yigitning bir qizi va har bir qizning bir yigiti bo’ladigan bo’lib qoldi. Shu erkinlik kasofatidan odam bolalari hayvon to’dalariga aylanib qolishdi, oilalar buzildi, jamiyat emirildi, axloqiy buzuqlik avj oldi. Chunki shaxs erkinligi insonning ko’chaga yarim yalong’och (hatto qip-yalong’och ham) chiqishiga yo’l qo’yadi, shuningdek, bachchavozlik qilishiga ham yo’l ochib beradi.

Shaxs erkinligi G’arb mamlakatlarida yuzaga keltirgan turli kasalliklar va had-hisobsiz jinoyatlar hech bir oqil kishiga sir emas. Shunday bo’lsa-da, bu mabda vakillari o’zlarining jirkanch demokratiyasini yoyish uchun tinim bilmay harakat qilishmoqda. Dunyoni turli erlarida, jumladan bizning yurtlarda ham izg’ib yurishipti, kerak bo’lsa tilimiz, urf odatimizni o’rganishayapti. Bu yo’lda mol-mulklarini sarflashayapti.

Biz-chi, biz nima qibyapmiz? Nafaqat bu darddan, balki butun balo-ofatdan faqat Islom nizomi bilangina xalos bo’lishni bila turib, uni hayotga qaytirishga harakat qilyapmizmi?!

Yomon voqelikni o’zgartirish mas’uliyati zimmamizda ekanligi va uni bajarmaslik Allohning azobiga eltuvchi gunoh ekanligini anglash vaqti kelmadimi?! Demokratik nizom asosida hukm yuritish, uni yoqlab chiqish yoki bu ishlarga sukut saqlash Alloh bizlarni jazolashiga olib boradigan eng katta gunohligini anglab etish vaqti kelmadimi?! Musulmonlarni aziz, kuchli ummat qilib, boyliklarini o’zlarining diniy ahkomlariga binoan iste’mol qiladigan Xalifani tiklash yo’lida faoliyat olib boruvchilar bilan birga harakat qilish vaqti kelmadimi?! Toki ummat qashshoq iste’molchi bo’lish o’rniga boy ishlab chiqaruvchiga, xor etaklanuvchi bo’lish o’rniga ta’sir o’tkazuvchi etakchiga aylansin. Toki insoniyatni demokratiya baxtsizligi va zulmidan qutqarib, uni asr vabosi bo’lmish SPIDdan, giyohvand moddalar iste’molidan, qashshoqlik va kapitalistlarning hukmronligidan qutqarib, odamlarni Islom soyasidagi saodat, farovonlik va adolatga etaklasin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.