Qirg’iziston hukumati Hizb ut-Tahrirga qarshi axborot hujumi olib bormoqda

571
0

Qirg’iziston hukumati Hizb ut-Tahrirga qarshi axborot hujumi olib bormoqda

Turkiston:

Qirg’iziston militsiyasi O’rta Osiyoda taniqli ulamo Roshod qori Kamolovni qamoqqa olishga erishganidan so’ng, mamlakatda o’z ta’sir doirasini yanada kuchaytirish maqsadida Hizb ut-Tahrirga qarshi axborot hujumlari uyushtirish kampaniyasini boshlab yubordi. Ular Hizbga hech qanday aloqasi bo’lmagan Roshod Kamolovni mamlakat televideniyalari orqali ochiqchasiga terrorist va ekstremist, Hizb ut-Tahrir liderlaridan degan bayonotlar tarqata boshlashdi. Uning uyidan qurol-yaroqlar chiqqani va yondirib yuborishga urinilayotgan kitoblar aks ettirilgan qadrlarni ko’rsata boshlashdi.

9 fevral kuni Roshod qori bilan bir vaqtda bir qator Hizb a’zolari ham o’z uylarida qo’lga olingani haqida xabar tarqatildi. Ularning deyarli barchasining uylaridan muayyan miqdorda ekstremistik yo’nalishdagi kitoblar, DVD disklar, o’q otar ov qurollari tortib olinganligi haqida bayonot va xabarlar tarqatilib kelinmoqda.

E’tiborlik joyi shundaki, bu xabarlarning barchasi ayrim uylar gumon bilan tekshirilgan va “ekstremistik ma’nodagi adabiyotlar” shaxslardan tortib olingan kunning o’zida yoki ertasi kuni televideniya va matbuot orqali tarqatilmoqda. Qirg’iz rasmiy matbuoti sud hukmisiz yoki taniqli rasmiy amaldor va ekspertlar va hatto o’zlarining qalbaki bo’lsa ham ekspertlarining xulosasini ham kutib o’tirmay, tintuv natijasida ekstremistik ashyo dalillar topildi, deb xabar berishmoqda.

Keyinchalik esa ekspertlar tomonidan tortib olingan DVD disklar bolalar multfilmlari yoki kinofilmlar ekanligi, kitoblarning aksari Qur’on va Xadis kitoblari ekanligi aniqlanmoqda. Lekin bu xabarlarni matbuot hech qachon tarqatmaydi. To’g’rirog’i, tarqatishlariga militsiya ham, hukumat ham ruxsat bermaydi.

Demak, davlat Hizb ut-Tahrirga qarshi axborot hujumi, balki hatto axborot urushi ochmoqchi. Maqsad esa Hizbni Qirg’iziston fuqorolaridan ajratib olish. Yoki uni xalq ko’z o’ngida jangari harakat olib boruvchi tashkilotlar bilan aralashtirib yuborish. Axborot hujumining asosi mana shu maqsad sari olib borilmoqda.

Dunyoda juda ko’pchilikka ma’lumki, Hizb ut-Taxrir Islomni hayotga qaytarishni o’zi uchun g’oya deb belgilagan hozircha yagona islomiy, mabdaiy siyosiy uyushma… O’z maqsadi sari Hizb fikriy vujud sifatida dunyoning deyarlik yarmida faoliyat olib bormoqda.

O’z faoliyati mobaynida Hizb tarixida qulay vaziyatlardan foydalanib, ekstremistik (muayyan vaziyatlar paydo bo’lganda o’z aqida, dasturi yoki printsiplaridan voz kechib, vaziyatdan foydalanib olish) xarakatlarga berilib ketish holati ro’y bergan emas. Bundan keyin ham Hizb fikriy vujud sifatida, hatto Xalifalik davlati soyasi ostida ham biror moddiy faoliyatga kirishishni o’zi uchun noshar’iy amal, deb biladi.

Qirg’izistonning o’zini oladigan bo’lsak, 2005 yildagi Akaev rejimining ag’darilishida ham, 2010 yilgi Bakiev rejimining qulashida ham Hizb ut-Tahrir uchun o’ta qulay fursatlar paydo bo’lganini Qirg’iz elitasi juda yaxshi biladi. O’sha vaqtda davlat ag’darish amaliyoti Hizb ut-Taxrir partiyasi ega bo’lgan quvvatning yarimiga ham ega bo’lmagan kuchlar tomonidan amalga oshirilgan edi. Ikkala davdat ag’darish amaliyotlari ham ekstremistik kayfiyatda amalga oshirildi. Buni hatto Takaboev va yana bir qator siyosatchilar efir orqali e’tirof etishgan va tan olishga majbur bo’lishgan edilar.

Davlatni tashlab qochishga majbur bo’lgan rejimlar ortidan juda katta siyosiy bo’shliq paydo bo’lgan edi. Vaziyatdan deyarli barcha quvvatlar o’z maqsadlarida foydalanishdi. Hatto ba’zi bir quvvatlar tomonidan talon-taroj qilish uchun atayin sharoitlar yaratib berildi. Davlatning o’sha paytda tarqatgan statistik ma’lumotlariga ko’ra, qariyb 30 ming tarafdoriga ega bo’lgan Hizb ut-Tahrir a’zolarining birortasi bu xarom mol mulk va amaliyotlardan foydalanib qolish ishlariga aralashgani yo’q. Hukumat tomonidan ham bu haqda birorta fakt bo’lgan emas. Hizb o’z quvvatini biror zamon yoki makonda, o’zi uchun moddiy manfaat paydo qilish uchun safarbar qilgan emas.

Qirg’iz davlatchiligi Hizb ut-Tahrir bilan kurashish orqali qanday holatlarga yo’liqishi mumkin?!

Qirg’iz davlati Islom va musulmonlarga qarshi kurash maydonini ochishga urinib ko’rdi. Biroq, jamoatchilik fikri ularga bu kurashda muvaffaqiyat qozona olmasligini anglatib qo’ydi. Chunki Qirg’iz jamiyati juda tez suratda islomiylashib bormoqda. Shuning uchun ham davlat tomonidan diniy tashkilotlarga nisbatan kontsepsiya ishlab chiqish loyihasi ilgari surildi va qisqa vaqt ichida bunday kontsepsiya ishlab chiqildi. Xavfsizlik yig’inlari va yurt ichida targ’ibot ishlarini olib borgan maxsus komissiyalar orqali jamiyat va undagi islomiy muhit tekshirib chiqildi. Ular kelgan yakuniy xulosalarga ko’ra, jamiyat Hizb ut-Tahrir tomonidan islomiylashtirib borilayotgani haqidagi fikr atrofida birlashishdi.

Shundan so’ng Hizbga qarshi kurashish uchun butun jamiyatdagi xizmat va komitetlarni birlashtirish ishlari yurgizila boshlandi. Ular oldilariga faqat bir muammoni bartaraf etish, Hizb jamoasi va u ko’tarayotgan Islom mafkurasining ta’sirini jamiyatdan surib chiqarish masalasini qo’yishdi. Buning uchun esa Hizb a’zolarini jamiyat oldida obro’sizlartirish kerak edi. Shundan kelib chiqib, Hizbga qarshi axborot kurashi boshlandi.

Lekin bu kurash Qirg’iziston manfaatini ko’zlashdan kelib chiqqan biror maxsus loyiha asosida emas, balki tashqi “uchunchi kuch” vakillarining talab va ko’rsatmalari asosida borayotganidan Qirg’iziston qonunlariga xilof va ba’zida noqonuniy uslublar bilan olib borilmoqda.

Davlatchilikning asosi qonuniylikka e’tibor quvvati bilan o’lchanishini inobatga oladigan bo’lsak, Qirg’iz davlatchiligi o’z xalqi me’rosi bo’lgan Islom qadriyatlari va musulmonlarga qarshi kufr manfaatlari va qadriyatlarini himoya qilish asosida harakatlanishi natijasida davlatchilikni yo’q bo’lib ketish xavfini paydo qiladi. O’z navbatida davlatdan zulmlanayotgan quvvatlar ham davlatning zaif tomonlarini izlay boshlaydi. Hozirgi kunda Qirg’iziston hokimiyatidan muammo topish unchalik qiyin ish emas.

Hokimiyat o’z qonunlarini oyoq osti qilish masalasi ham o’ta jiddiy muammolarga olib boradi. Bunda davlat rahbariyatiga nisbatan ichkarida ham, tashqarida ham ishonchsizlik paydo bo’ladi. Asta-sekin qonunbuzarliklar korruptsiyani kuchaytirib, noqonuniy harakatlar barcha tarmoqlarni qamrab oladi.

Qirg’iz hukumati “uchunchi kuchlar”dan o’z haqini talab qilishi lozim!

Yaqin kunlarda Qirg’iziston hukumatini ishsizlik va ishsizlarni vaqtinchalik nafaqa bilan ta’minlash muammosi kutib turipti. Qirg’iziston hukumati fuqarolarini bu nafaqa bilan ta’minlay olmaydi. Lekin biz fuqarolar bilan bari bir o’z haqimiz bo’lgan nafaqani so’rashga majbur bo’lamiz. Voqelik shu tomon borayapti. Hukumat esa o’z navbatida bizlarni xomashyo bazasi sifatida ushlab kelayotgan, sanoatlashishdan bizlarni to’sib, o’zlari sanoat bilan juda katta boy davlatlarga aylangan va o’z fuqorolari uchun minimal yashash darajasida ishsizlik nafaqalarini to’lab kelayotgan katta, boy donor davlatlardan bizlar uchun ham nafaqa to’lashlarini talab qilishlari kerak. Chunki ular dunyoni siyosiy va iqtisodiy globalizatsiyalashtirayotib, rezolyutsiyalar bilan agrar davlatlarning minimal yashash darajalaridan pasaytirmay ushlab turish haqida qonunlarni imzolashgan. Ular bizlarning haqlarimizni o’zlashtirayotib o’z zimmalariga olgan majburiyatlari bor.

Demak, xulosa qilib aytadigan bo’lsak, muammo musulmonlar bilan Qirg’iz hukumati o’rtasida emas. Ularning har ikkisi ham har tomonlama holdan toyib borayapti. Muammo ular o’z holatlaridan qutulish uchun birlasha olmay, aksincha har ikki tomon xam kufr sistemasidan madad kutib o’tirganidan. Kufr sistemasi asoschilari esa, o’z manfaatlari yo’lida bizlarni bir birlarimiz bilan ovora qilib qo’ymoqchi. Xalqqa qarshi dektator rejimlar paydo qilib, shu hukumatlar vositasida musulmonlarni ezishga harakat qilsa. Ikkinchi tomondan bu hukumatlarga qarshi xalq va musulmonlarni yo’naltirib, ular ustida har xil inqiloblar nomi bilan davlat ag’darishlari uyushtiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.