Suriya muxolifatini harbiy mashg’ulotdan o’tkazish 1 martdan boshlanadi

449
0

Turkiya tashqi ishlar vazirligining so’zchisi Tanju Bilgich Suriya muxolifati uchun harbiy mashg’ulotdan o’tkazish dasturi 1 martdan e’tiboran boshlanishini ma’lum qildi.

Tanju Bilgich haftalik matbuot yig’ilishida jurnalistlarning ushbu mavzuga aloqador savollariga javob berdi.

Harbiy mashg’ulot haqidagi ma’lumotga oid savollarga javob bergan Bilgich AQSh bilan harbiy mashg’ulot bitimi imzolanishi ortidan berilgan bayonotni tilga olib, texnik ma’lumotlar haqida biror narsa deya olmasligini bildirdi.

“Suriya mo”tadil muxolifatini harbiy mashg’ulotdan o’tkazish 1 martdan e’tiboran boshlanishini ayta olishim mumkin. Ammo texnik ma’lumotlar mavzusida siz bilan hech narsani o’rtoqlasha olmayman”, dedi Bilgich.

AQSh mudofaa vazirligi (Pentagon) mart oyida boshlanadigan Suriya muxolifatini harbiy mashg’ulotdan o’tkazishda 1200 suriyalik tanlab olinganligini va bu odamlarni tekshiruvdan o’tkazish jarayoni davom etishini bildirdi.

Pentagon so’zchisi Jon Kirbi tashkil qilgan matbuot brifingida “Tanlab olish qonun-qoidasiga ko’ra, shu onda harbiy mashg’ulotga qatnashish uchun 1200 kishi belgilanganligini sizga aytishim mumkin”, “Bu guruhlarning ba’zilari haqida aniq ma’lumotga ega Turkiya kabi davlatlar bor. Ular bizga tanlab olish jarayonida yordamchi bo’lishdi”, dedi.

Suriya muxolifatini harbiy mashg’ulotdan o’tkazish bo’yicha bitim Turkiya tashqi ishlar vazirligining maslahatchisi Feridin Sinirlio’g’li va AQShning Anqaradagi elchisi Jon Bass tarafidan imzolandi. Imzo marosimidan so’ng Feridin Sinirlio’g’li bu harakat ikki davlat o’rtasida muhim qadam ekanligini ta’kidladi.

“Hali yana o’rtada ko’p imzo chekiladi. Qo’shni mintaqalarda va dunyoning turli erlarida o’ta tartibsiz vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Shu bois birgalikda amalga oshirayotgan faoliyatlarimizda o’zgarish yasashimizga ishonchimiz komil”, dedi Sinirlio’g’li.

AQSh elchisi imzo marosimiga ishtirok etganlarga tashakkur bildirib bu qadamni tashlashdan mamnun ekanligini bildirdi.

“Birgalikda faoliyat olib borar ekanmiz, har zamon kuchli bo’lib qolaveramiz. Bizga sherikligimizning kuchaytirishga imkon bergan har bir rasmiy kelishuv bizni ham, mintaqamizni ham yaxshi vaziyatga olib keladi. Bu faqat boshlang’ich nuqtasi ekanligi va hali juda ko’p qiladigan ishlarimiz borligi haqida sizning fikringizga qo’shilaman”, dedi AQSh elchisi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.