AQSh Afg’onistondan qo’shinini olib chiqishni ortga surishi mumkin

561
0

AQShning yangi mudofaa vaziri Eshton Karter ilk xorijiy safarini Afg’onistondan boshladi. Oldin e’lon qilinmagan safari bilan Karter shanba kuni Afg’onistonga kelgan edi.

Afg’oniston prezidenti Ashrf G’ani ishtirokida bo’lib o’tgan matbuot anjumanida Karter, AQSh Afg’onistondagi terrorizmaga qarshi kurash bo’yicha yangi missiyasining ayrim qismlarini, jumladan, qo’shinlarni olib chiqishni ortga surish masalasini qayta ko’rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Afg’oniston prezidenti Ashraf G’anining keyingi oyda Vashingtonga qiladigan safari mobaynida bu masala ham muxokama qilinadi. O’z navbatida Ashraf G’anining jurnalistlarga, oxirgi o’ttiz yil davomida hukm surgan vaziyatga qaraganda hozir Tolibon bilan tinchlikka erishish istiqbollari yaxshiligini aytib o’tdi, ammo tafsilotlarga to’xtalmadi.

Ashraf G’ani, AQSh ma’muriyati o’z qo’shinlarini olib chiqib ketish masalasini albatta, Afg’oniston rahbariyati bilan muxokama qilishi kerakligini aytib, mamlakatda tinchlik va barqarorlikka erishish uchun afg’on hukumati to’g’ri yo’ldan borayotganini belgilab o’tdi.

Mamlakat poytaxti Qobulda afg’on rasmiylari va AQSh harbiy kuchlari qo’mondonlari bilan bo’lib o’tgan qator uchrashuvlardan so’ng Eshton Karter safarining ikkinchi kuni Qondoxorga uchib ketdi. Mamlakat janubidagi Qondaxorda bo’lgan vaqtida Karter keyingi ikki yil davomida AQSh kuchlarini Afg’onistondan olib chiqish bo’yicha rejalarni qayta ko’rib chiqdi.

Amerikalik harbiylar oldida qilgan chiqishida Karter, ularning afg’on armiyasida maslaxatchi sifatida bajaradigan ishlari bu – xavfsizlik sohasida erishilgan yutuqlarni mustaxkamlash uchun kalit, ekanligini aytib o’tdi.

“Biz bu narsa doimiy va uzoq muddatli bo’lishini xohlaymiz”,- dedi Eshton Karter.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.