Issiqko’l viloyati Oqsuv tumani Ichki ishlar boshqarmasi 10 – bo’limining katta xodimi Baqit Sultongazievning “Azattik” radiosiga bergan xabariga ko’ra, Oqsuv tumanida tegishli ruxsatsiz da’vatga chiqqan guruh qo’lga olingan.
Xabarda aytilishicha, etti kishidan iborat bo’lgan guruh 20 fevral kuni tumanning Bo’ri-Bash qishlog’ida qo’lga olingan. Ularda oila a’zolaridan tilxat, viloyat qoziligi va militsiya bo’linmasidan tegishli ruxsat qog’ozlari bo’lmagan.
Oqsuv tumani markaziy masjididan chiqqan jamoa 4 oylik da’vatda yurgan. Ayni vaqtda mazkur ish bo’yicha hujjatlar to’planib, sudga oshirishga tayyorgarlik ko’rilmoqda.
Qorako’l shahrida ham ruxsatsiz da’vatga chiqqan 9 kishi qo’lga olingan.
Turkiston:
Islom va musulmonlarga qarshi kurashga kirishgan Qirg’iziston hukumati ham O’zbekiston jallodi Islom Karimov izidan qadamma-qadam bormoqda.
Mustabid Karimov ham birinchi bo’lib Tohir Yo’ldosh va Juma Namangoniylarni bahona qilib Islom va musulmonlarga qarshi kurashni boshlab “Islom lashkarlari”, “Adolat”, “Tavba”, “Islom uyg’onish partiyasi”, “Odamiylik va insonparvarlik”… kabi islomiy harakatlarni yo’q qilishga kirishgan bo’lsa, keyinchalik 1995 yilda nafaqat O’zbekistonda, balki O’rta Osiyoda katta nufuzga ega bo’lgan Abduvali qori Mirzaevni yo’q qildi. Bu ish ortidan qanchadan-qancha begunoh musulmonlar “Vahhobiy”lik tamg’asi bilan ta’qib va qatag’onga uchradi.
Musulmonlar qoniga tashna bo’lgan Karimov Abduvali qori va “Vahhobiy”lardan “qo’li bo’shaginidan” so’ng 1999 yil 16 fevral voqealarini uyushtirib, barcha islomiy jamoalarga qarshi keng ko’lamda urish boshlab yubordi. Avval Hizb ut-Tahrir, keyinchalik “Nurchilar”, Tablig’”… jamoalarini yo’q qilishga kirishdi. Iqtisodiy va siyosiy muammolardan ezilib o’z haq-huquqlarini talab qilib chiqqan Andijon xalqini 2005 yil 13 may kuni “Akromiy”lik tamg’asi bilan qirg’in qildi va bu ish hozirga qadar goh “Jihodchilar”, goh “Islom lashkarlari”…ga qarshi kurash bahonasida hatto oddiy namozxonlarni ham qamashni davom ettirib kelmoqda.
Karimov boshchiligidagi o’zbek hukumati avvaliga saqol va oq do’ppiga qarshi kurashgan bo’lsa, keyinchali o’quvchi qizlarning ro’mollariga, undan so’ng muslima ayollarning hijoblariga osildi. Bugungi kunda jamoat joylarida oq do’ppi yoki ro’mol bilan yurgani uchun jinoiy javobgarlikka tortish to’g’risidagi qonun ishlab chiqildi.
Qirg’iziston hukumati ham Rossiya talabi va bosimi ostida yon qo’shnisi Karimov izidan yurishni boshladi. Agar Qirg’izistonda yashovchi musulmonlar rasmiy hukumat faqat birorta jamoat yoki harakatga qarshi kurashyapti, deb o’ylashayotgan bo’lsa, qattiq adashishadi. Chunki, Karimovdan talab qilinganidek, Qirg’iziston hukumatidan ham Islom va musulmonlarga qarshi kurashish talab qilinmoqda. Agar biz bugun hukumat olib borayotgan ishlarga sukut saqlab, o’z munosabatimizni bildirmasak, ertaga O’zbekiston musulmonlarining kuni boshimizga tushadi. Ana undan so’ng 18 yoshga to’lmagan o’g’illarimizni jamoat bilan namoz o’qishlari, ayol va qizlarimizni avratlarini berkitib, ro’mol o’rab yurishlari, Allohning farzi va payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning Sunnatliriga amal qilish bir orzu bo’lib qoladi. Bundan Alloh saqlasin.