Markaziy harbiy okrugi rasmiy vakili polkovnik Yaroslav Roщupkinning xabar qilishicha, 2016 yilgacha Rossiya Qirg’izistondagi Qant aviabazasini Su-25SM rusumidagi hujumchi samolyotlari bilan to’liq qayta qurolllantiradi.
“Shunday samolyotlardan beshtasi bu yil olib kelinadi”, – dedi Roщupkin va “aviabazani yangi rusumdagi samolyotlar bilan qayta qurollantirish 2016 yilga qadar tugallash rejalangan”ini ma’lum qildi.
O’tgan yilning aprel oyida Qant aviabazasiga takomillashtirilgan Su-25 etkazib kelingani xabar qilingan bo’lsa, dekabr oyida Qirg’izistonga yana beshta Su-25SM rusumidagi samolyotlar olib kelingani ma’lum bo’lgan edi.
Turkiston:
AQSh va Rossiya Markaziy Osiyo ustidan o’z nazoratlarini saqlab qolish uchun Afg’oniston “tahdidi”dan unumli foydalanib bu mintaqaga ko’proq qurol-yaroq olib kirishga harakat qilishmoqda
O’tgan oy oxirida AQSh davlat kotibining Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yordamchisining o’rinbosari Daniel Rozenblum AQSh O’zbekistonga 308 dona M-ATV rusumidagi zirhli mashina va boshqa turdagi 20 dona remont-evakuatsiya mashinasini etkazib berishini ma’lum qilishi ortidan, Rossiya Qant aviabazasini kuchaytirsh harakatini boshlab yubordi.
Markaziy Osiyoda boshlangan norasmiy qurollanish poygasidan kim manfaatdor bo’lishi mumkin!?
Albatta bu qurollanish poygasi muayyan maqsadlar sari atayin yo’naltirilgan. Bu maqsadlar ichida qurol sotish ortidan iqtisodiy, siyosiy, strategik va geosiyosiy manfaatlar bor. Bu manfaatlar bir tomonlama yo’nalganida muammo unchalik xavfli bo’lmas edi. Lekin mavjud vaziyatda, bir nechata tomonlarning manfaati to’qnash, bir biriga mutloq qarama-qarshi kelib qolgan. Ularning har biri o’z manfaatlarini ilgari surib, mintaqadagi muayyan davlatlarni o’z qarashlari tomon etaklash orqali birga ularni qurollantirib borishmoqda. Bu O’rta Osiyoda yashayotgan bir biriga qardosh xalqlar davlatlarining, bir birlari bilan o’rtalaridagi barcha aloqalarining keskinlashib borayotganida, sezilarli natija berayotganidan darak berib bormoqda.
Mavjud vaziyatda Rossiya tomonidan olib borilayotgan va imkon qadar bo’rrtirib va vahimali qilib ko’rsatishga intilayotgan “islomiy xavfdan AQSh va Xitoy ham o’z manfaatlari yo’lida foydalanib qolishga shoshilishmoqda. Lekin shunga qaramay vaziyat keskinlashib boraveradi. Chunki bu etakchi davlatlarning har biri o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda dunyoqarashlarida ham bir birlaridan keskin farq qilishadi. Ular vaziyatlarni o’z dunyoqarashlariga bo’ynsudirishga urunishadi. Tabiiyki o’z ta’siri ostidagi davlatlarni ham shu manfaatlari tomon yo’nalishga majburlashadi. Natijada bir mintaqada har xil ko’zqarashlar asosida yo’naltirilgan bir biriga keskin qarama qarshi davlatlar paydo bo’ladi. Bu qarama-qarshiliklarning kuchayib borishi, ularni bir birlaridan xavfsirashlarini kuchaytirib boraveradi. Bu jarayon, mintaqada kurollanish poygasini, bir birlariga bo’lgan muomilalarida keskinlik va ustilarida turgan katta davlatlarga bo’lgan bog’liqliklarini kuchaytirib boraveradi.