Trkiyadagi ba’zi Islom ulamolari Islom dunyosining parchalangan va zayif holini kunning asosiy mavzusi sifatida ko’tarib chiqishdi. Ularining ta’kidlashicha, tarqoq holga kelib qolgan islomiy yurtlarni faqatgina Xalifalik birlashtira oladi xolos.
Xalifalikning zarurligi haqida bir qancha maqolalari matbuotda chop etilgan Fiqh olimi, yozuvchi Husni Aktash Xalifalik davlatini qulatish mustamlakachi g’arb davlatlari tarafidan tuzilgan reja ekanligiga diqqatni tortdi. Aktashga ko’ra, Agar Xalifalik bo’lganda edi musulmonlar o’rtasida ixtilof yuz bermas edi.
“Xalifalik davlatining qulatilishi musulmonlarni boshsiz qoldirish maqsadida amalga oshirildi. Shu sababli Lozanna shartnomasining maxfiy moddalaridan biri Xalifalikni qulatish edi. Xalifalik davlati qulagunga qadar ular Lozanna shartnomasini tasdiqlashmagan edi. Xalifalik davlati qulagandan so’ng uni qabul qilishdi. Xalifalik bo’lganda edi bugun barcha ixtilofli mavzular barham topar va jamiyatdagi eng kichik masalalar ham hal bo’lardi. Bu masalalarning barchasi Xalifalikka bog’liq masalalardir. Hozirda adolat yo’qligiga sabab Xalifalikning yo’qligidir”, dedi.
Butun Islom olamiga Xalifalikni tiklash farz ekanligini ta’kidlagan Aktash “Bu farz e’tibordan chetda qolgani uchun bugungi kundagi barcha falokatlar boshimizga keldi. Ba’zi fiqh kitoblarida Xalifaliksiz bir kun ham o’tishi mumkin emas, deb yozilgan. Bir yarim milliard musulmon Xalifalikni tark qilganligi uchun boshi balodan chiqmay qoldi. Hozirda musulmonlarning bu qadar tarqoq bo’lishi shu farzni o’z o’rniga qo’ymaganligidandir. Ummatni bir joyga jamlaydigan narsa faqat Xalifalikdir”, deya urg’uladi.
Turkiya imom xatiblar vaqfining rahbari Yejivet O’kso’z ham bu haqida o’z fikrlarini o’rtaga tashladi.
“Islom geografiyasining birodarlikka, birlikka, hamjihatlikka va tinchlikka har vaqt ehtiyoji bor. Islom olamining birligini va tengligini ta’minlay oladigan qurilmani imkon qadar tezroq tiklanishi foydalidir”, dedi.
Anqaradagi “Din erkinligi” tashkilotining so’zchisi Soner Kartal esa Islom ummatining qon yig’layotganligiga Xalifalikning yo’qligi sabab ekanligini qayd etdi.
“Hech shubhasiz Islom olamining bitta rahbarga, bitta boshliqqa ehtiyoji bor. Tarixda Xalifalik maqomi qulatildi. O’sha davrdan e’tiboran butun Islom o’lkalarida qon va ko’z yoshi to’xtamayapti. Buning sababi Xalifalikning yo’qligidir. Butun Islom ummmati bor kuchini sarflab, Xalifalik mavzusini kunning eng dolzarb mavzusiga aylantirishlari lozim. Faqat o’shandagina qon va ko’z yoshlari to’xtaydi. Dunyodagi notinchliklar barham topadi”, dedi Soner Kartal.