2015 yil 23 yanvarda musulmonlar Frantsiya jurnalida Rosuli a’zam Ani tahqirlovchi rasmlar nashr qilinganiga qarshi Maxachkaladagi markaziy masjidga to’plandilar. Bundan avval ham ayni tadbir Ingushetiya, Checheniston va Dog’istonda bo’lib o’tgan edi.
Shimoliy Kavkaz jumhuriyatlarida o’tkazilayotgan ushbu tadbirlar bir muhim narsani, ya’ni Rossiyadagi musulmonlarning o’z din va e’tiqodlarida mahkam ekanliklarini namoyon etdi. Buning yanada yaqqol dalili, Chechenistonda o’tkazilgan namoyishda ulkan sondagi musulmonlar qatnashganliklari bo’ldi. Unda rasmiy hokimiyat namoyish kunini rasman xordiq kuni deya e’lon qilish va unda hozir bo’lishga qodir har bir insonni chaqirish bilan musulmonlarning namoyishda ishtirok etishlari uchun kerakli barcha sharoitlarni yaratib berdi. Matbuot hisobotida aytilishicha, Grozniydagi ayni tadbirga yig’ilganlar soni millionga etgan. Ular orasida Rossiyaning boshqa mintaqalaridan ham musulmonlar etib kelganlar. Bu esa musulmonlardagi islomiy tuyg’uning naqadar kuchliligini ifodalaydi. Agar boshqa hodisalardagi shunga o’xshash tadbirlar taqiqlanmaganda edi, biz musulmonlarning maktablarda hijob kiyishni taqiqlash, islomiy adabiyotlarni man qilish kabi holatlarda bir-birlarini qo’llab-quvvatlash va himoya qilish uchun shunday tadbirlardan juda ko’pini uyushtirganlarini hamda hammalari da’vatni etkazuvchilarga qarshi soxta ayblovlar to’qib chiqarish kabi Rossiyaning Islomga qarshi dushmanlarcha olib borayotgan siyosatlariga qarshi qo’zg’olganlarini guvohi bo’lgan bo’lardik.
Biroq bu safargi vaziyat avvalgilarga o’xshamaydi. Chunki Islomni yomon ko’ruvchi tuyg’ular G’arb davlatlaridan kelib chiqdi. Ma’lumki, so’nggi paytlarda Rossiyaning bu davlatlar bilan munosabati taranglashgan, shuning uchun Rossiya ayni vaziyatdan foydalanib, go’yo o’zini G’arbdan farqli o’laroq, musulmonlar tuyg’ularini himoyachisi qilib ko’rsatmoqda. Bundan tashqari, bu holat musulmonlarga uzluksiz bosim o’tkazib kelayotgan davlatlar basharasini chiroyli qilib ko’rsatishda ham ijobiy samara beradi. Namoyishda so’zga chiqqan rasmiy mas’ullar tahqirlovchi rasmlarni qoralash bilan birga, o’zlarining rossiyaparast ekanliklarini isbotlashga urinishdi, hatto bu davlatga o’zi loyiq bo’lmagan baholarni ham berishib, «Rossiya musulmonlar uchun shart-sharoitlar yaratib berishda o’rnak ekan»ini tinmay takrorlashdi. Aslida esa rus hukumati Rossiyadagi 20 million musulmondan xavotirda, ularning zulmkor siyosatga javob qaytarmayotganlaridan, kutilmaganda istalmagan namoyishlarni boshlab yuborishlaridan qo’rqmoqda. Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov ham shunday bayonot berdi: «Musulmonlar har qanday holatda ham Rossiyadagi vaziyatni izdan chiqarishda vosita bo’lib qolmasliklari kerak. Biz doim Rossiyani mudofaa qiluvchilarga ishonganmiz, bugun ham yurtimizga bo’lgan har qanday adovatni qaytarishga qodirmiz». Rus hukumati o’z hukmronligidan tashqarida bo’lgan har qanday namoyishlarni mutlaqo noxush, deb hisoblaydi. Chunki bunday namoyishlar yurtdagi juda ko’p aholining noroziligini fosh etishi va beqarorlik keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ayni namoyishning hukumat tomonidan tashkillashtirilishi zaruriy qadam bo’lib, unga G’arbga nisbatan yuzaga kelgan tarang vaziyatlar va yomonlashgan siyosiy holat sabab bo’ldi.
Kecha Rossiyadagi diniy idora vakillari mo”tadil islom, degan narsaga da’vat qilishga majbur qilingan bo’lsalar, bugun ular Rosululloh Ani tahqirlash dunyodagi bir yarim milliard musulmonni tahqirlashdir, deyishga majbur bo’ldilar. Bu shunga dalolat qiladiki, dindorlar Islom yagona ekanini, u vatan, millat, degan narsalarni tan olmasligini tushunmoqdalar. Bunday gaplar faqat oddiy sharoitlardagina man etiladi. Hatto ko’pchilik siyosatchilar va jamoat arboblari narsalarni o’z nomi bilan atay boshladilar. Misol uchun, Ingushetiyada bo’lib o’tgan bir konferentsiyaning yakuniy bayonotida G’arb hukumatlari buzg’unchidir, u dinlar o’rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirishni istaydi, degan gaplar yangradi. Unda Ingushetiya prezidenti Yunus-Bek Yevkurov «Musulmonlar uchun eng muqaddas inson sanalgan Muhammad payg’ambarni tahqirlovchi rasmlar ayrim G’arb davlatlari shug’ullanayotgan ekstremizm ko’rinishlaridan biridir», dedi. Shuningdek, avvalda ko’pchilik odamlar bu hodisaga shubha bilan qarashib, bu provokatsiya va ma’lum g’arazga qaratilgan, deb ham hisobladilar. Shunday qilib, bugungi siyosiy vaziyat odamlarni Kremlning rasmiy pozitsiyasiga zid kelishidan qo’rqmasdan G’arbning buzuq qadriyatlari hamda uning Islomga qarshi siyosati haqida ochiq gapirishga undadi.
Musulmonlarga kelsak, ularning ulug’ Payg’ambarimiz obro’larini himoya qilishga harakat qilayotganlariga aslo shubha yo’q. Hukumat mas’ullari Islomni vatanparvarlik va milliylikka aralashtirishga harchand urinishmasin, namoyishga chiqqanlarning maqsadi bitta ekani, u ham bo’lsa, Nabiy Aga bo’lgan muhabbatlarini va uni tahqirlashdan himoya qilishni izhor etishdir. Buni esa ushbu namoyishda yuz minglab musulmon qatnashganidan hamda nutqlarda o’z birdamliklari, Islomni qizg’anishlari, eng sharafli inson Nabiy A obro’larini himoya qilishlari to’g’risida so’zlaganlaridan, shu orqali ul zotga va dinlariga bo’lgan chuqur muhabbat tuyg’ularini ifodalayotganlaridan osongina bilib olish mumkin. Islomni himoya qilishga tayyorliklari tasodifan paydo bo’lgani yo’q, albatta, balki bu har bir musulmon doimo oliy qadriyat sifatida imon keltirgan islomiy aqidaga asoslangan. Ummat manfaatlaridan biri, o’ziga nisbatan qilingan har qanday tahqirlash va xorlashning javobsiz va ahamiyatsiz qoldirmasligidir. Ana shunda biz Rosululloh sifatlagan zotlar safidan bo’lamiz:
«خِيَارُ أُمَّتِي أَوَّلُهَا وَآخِرُهَا، وَبَيْنَ ذَلِكَ ثَبَجٌ أَعْوَجُ لَيْسُوا مِنِّي وَلَسْتُ مِنْهُمْ»
«Ummatim saralari ularning avvalgilari va oxirgilaridir. O’rtada esa shunday egrilar borki, ular mendan emas, men ulardan emasman».
Rus rejimi musulmonlar tuyg’ulari va fikrlari bitta ekanini, ular o’z aqidalaridan hargiz voz kechmasliklarini bilib qo’ymog’i darkor. Agar u yurtda tinchlik va barqarorlik bo’lishini haqiqatdan ham xohlasa, Islom marosimlarini tinch ado etish huquqlarini berish bilan Islom va musulmonlarga nisbatan o’z pozitsiyasini o’zgartirishi lozim.
Hizb ut-Tahrirning
Rossiyadagi matbuot bo’limi
Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info
Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com