Qrimda Hizbut Tahrir yigitlari uchun 10 yil qamoq jazosi so’ralmoqda

616
0

Rossiya tarafidan o’z hududiga qo’shib olingan Qrim yarim orolining Sevastopol shahrida o’tgan juma kuni federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari tarafidan 20-30 yoshlar orasidagi uch musulmon yigit qamoqqa olingan edi.

“Krım.Reali” axborot agentligiga intervyu bergan advokat Emil Kurbedinovning ma’lum qilishicha, qamoqqa olingan yigitlar 2003 yilda Rossiyada ta’qiqlangan “Hizbut Tahrir” uyushmasiga a’zolikda ayblanmoqda. Bu yigitlar ustidan tergov olib borish uchun ikki oy muddatga hibsda ushlab turish qarori chiqarilgan.

Advokatning bildirishicha, qo’lga olingan musulmon uch yigit ustidan “Terror guruhini tashkil qilish va unga a’zo bo’lish”, degan ayblovga ko’ra tergov olib borilmoqda. Bunday jinoyatni amalga oshirganlar Rossiya konstitutsiyasida belgilangan qonunga binoan 15 yildan 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Advokat Kurbedinov Qrim yarim oroli Ukraina tarkibida bo’lgan paytda ham ba’zi insonlarga nisbatan yuqoridagi ayblar qo’yilganligini bildirdi. Biroq Kurbedinovning aytishicha, ularning barchasi oqlangan. Advokat qo’lga olinganlarning Hizbut Tahrirga a’zo ekanligini isbotlash mushkul ekanligini ham qo’shimcha qildi.

Advokatga ko’ra, bu da’vo Qrim tatarlari uchun muhim bir o’rnak bo’ladi. Bu uch yigitning qamoqqa olinishi Qrimdagi barcha musulmonlarni qamoqqa olishni oddiy holga aylantirishga yo’l ochish mumkin, degan xavotirlar ham yo’q emas. Hozirda bu yigitlar uchun 10 yil qamoq jazosi so’ralmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.