Markazi Britaniyada joylashgan “Oxfam” xalqaro xayriya tashkiloti o’tkazgan tadqiqotga ko’ra, kelgusi yilda dunyodagi eng boy bir foiz odamning boyligi qolgan butun insonlarning boyligiga teng keladi. Ya’ni bir foiz inson 2016 yilda dunyoning yarim boyligiga egalik qiladi.
Qashshoqlikka qarshi kurashuvchi “Oxfam” tashkilotining ijrochi direktori Vinni Biyaniyma bergan bayonotida umumiy daromad tengsizligi, lol qoldiradigan darajaga o’sib borayotganligini bildirdi.
“Dunyodagi eng boy shaxslar bilan qolgan insonlar orasidagi jarlik juda tez sur’atda kengayib bormoqda”, dedi Vinni Biyaniyma.
“Oxfam” tashkiloti muammoni hal qilish uchun o’zining rejalarini taklif qildi. Uning hisobotida qayd etilishicha, asosiy mavzu qilib olingan daromad tengsizligining oldini olish uchun boylarni ko’proq soliqqa tortish, soliq to’lashdan qochish yo’llarini to’sish va buning uchun jiddiy chora tadbirlar ko’rish lozimdir.
“Oxfam” xalqaro xayriya tashkiloti 1942 yilda Britaniyadagi “Oxford” universitetida tashkil topgan. Bu tashkilot 90 davlatda foliyat yuritadigan 17 xalqaro tashkilotni o’z qanoti ostida birlashtiradi. Tashkilotning vazifasi qashshoqlikka barham berish, kambag’al va tabiiy ofat qurbonlariga yordam berishdan iboratdir. Bu tashkilot yuzaga kelganiga yarim asrdan ko’proq vaqt o’tganiga qaramay, qashshoqlik barham topishi o’rniga yanada kuchayganligi kuzatilmoqda.
Masalan, dunyodagi odamlarning bir foizidan iborat eng boy kishilarning boyligi 2009 yilda 44 foizni tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2014 yilda 48 foizga etgan. Agar shunday vaziyat davom etadigan bo’lsa, bir foiz boylar 2016 yilga borib dunyoning jami boyligining 50 foizidan ko’prog’iga ega bo’ladilar. Bu raqamlar aynan mana shu Ofxam tashkilotining izlanishi ortidan e’lon qilingan hisobotda keltirildi.
73 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Oxfam” xalqaro xayriya tashkiloti garchi yana 73 ming yil harakat qilsa ham bu muammoni hal qila olmaydi. Chunki bu muammoni hal qilish uchun boylarga ko’proq soliq solish emas, balki dunyodagi mol-mulkning adolatsiz taqsimlanishiga chek qo’yish lozim. Bu esa Islom nizomidagina mavjud xolos. Demak o’z-o’zidan ma’lumki, qachon Islom nizomi hayotga qaytsa bu kabi muammolardan asar ham qolmaydi.
Turkiston:
Kapitalizm sistemasining asosi bo’lgan demokratiya mafkurasi, shaxs erkinliklarini himoya qilish asosiga qurilgan. Bu aqida, insonlarning hayotlaridagi majburiy davom etadigan doimiy aloqalarni tartiblashtirish insonlarning o’zlarining qo’llarida, bu aloqalarni tartiblashtiradigan omil qonun ekanligidan, uni ishlab chiquvchi inson mutloq erkin bo’lishi lozim degan falsafani ilgari suradi. Doimiy aloqalar esa, iqtisodiy (bir birlari bilan mol ayriboshlash), ijtimoiy (erkak bilan ayol o’rtasidagi muomilalar), siyosiy (mavjud qonunlar asosida bir birini boshqarish)…. masalalaridan kelib chiqqan bo’lib, ularnining har biri davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Ushbu muhofaza qilinadigan aloqalar uchun qonun qoidalar, insonlar tomonidan ishlab chiqilishi lozim ekanligidan, insonlar shaxs, fikr, mol va e’tiqod erkinligiga ega bo’lishlari kerak deb bilishadi.
Yuqorida kapitalizm sistemasi tuzm sifatida muqarrar krizis holati tomon borayotgani yaqqol voqe’da ko’rinib turibdi. Undagi shaxslarni mulk erkinliklarini himoya qilish masalasi noto’g’ri asosda qurilganidan, vaqt o’tishi bilan mulk bir guruh shaxslar qo’liga o’tib qolishi tabiiy sodir bo’ladi. Bu mulklar kapitalist shaxslardan, faqat davlat ag’darish yoki boshqa xalq qo’zg’alonlari yo’llari bilan oddiy xalqqa qaytarib olingan taqdirda ham, sistema saqlanib qolaversa, yana vaqt o’tishi bilan mulk boshqa bir guruhning qo’lida yana to’planib qolaveradi.
Yuqoridagi “Oxfam” tashkilotining faoliyatining, vaziyatga hech qanday ijobiy ta’sir ko’rsata olmagani ham bunga misol bo’la oladi. Chunki ular ham shaxs erkinliklari himoyasi muqaddas degan demokratik asosga e’tiqod qilishadi va shu asosdan turib ish olib borishadi. Bular, bir guruh hokimiyatdagi demokratlar va ikkinchi boshqa hokimiyatda bo’lmagan demokrat guruhlar tomonidan, go’yoki muhosaba yoki xatolarini o’zlari to’g’rilash uchun ish olib borayotgan kapitalistik sistemaning tarmoqlaridir. Asli ikkovi olib borayotgan harakatlar ham, kapitalizmning inqirozini oddiy insonlardan yashirish maqsadida borayotgani aniq.