Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Belgiya poytaxti Bryusselda uchrashuv o’tkazishdi. Yevropada kundan kunga ortib borayotgan terror hujumlari va xavfsizlik masalalari vazirlar uchrashuvida asosiy mavzu qilib olindi.
Yevropa ittifoqining xavfsizlik masalalari va tashqi masalalar bo’yicha oliy darajali vakili Federika Mogerini uchrashuvdan avval jurnalistlarning yig’ilishdan ko’zlangan maqsadlari haqidagi savollariga javob berdi. U mazkur uchrashuvga izoh berar ekan, o’zlarining Islomga qarshi emasligiga atrofdagilarni ishontirishga harakat qildi.
“Bu mavzu Yevropa va Islom muammosi emas. Terror va terror hujumlari butun dunyoda juda ko’p musulmonlarni nishonga olmoqda. Shu bois birlashishimiz va doimo muloqotda bo’lishimiz lozim. Ayni paytda amalga oshirayotgan va aytayotgan har bir narsaning mas’uliyatini o’z zimmamizga olishimiz lozim. Menimcha, hurmat ehtirom Yevropa ittifoqining asosiy qiymatlaridan biridir”, dedi Federika Mogerini.
Yevropa ittifoqining xavfsizlik masalalari va tashqi masalalar bo’yicha oliy darajali vakili musulmonlar ham terror qurboniga aylanayotganiga e’tiborni jalb qilar ekan, bu jarayon qanday amalga oshayotganiga izoh bermadi.
Turkiston:
Hizb ut Tahrir xalqaro qonunlarni rad qilish haqidagi fikrlarini tabanniy qilib, shunday deydi: xalqaro qonunlar, muayan kuchli davlatlar tomonidan ijro etiladi. Ya’ni biror davlat bu qonunlarni buzsa, katta davlatlar yoki etakchi davlat u davlatni jazolaydi. Lekin bu qonunlar katta davlatlar yoki etakchi davlatning o’zi tomonidan buzilsa, kim uni jazolay oladi? Xalqaro davlat bo’lmaganidek, xalqaro qonun ham bo’lishi mumkin emas.
Voqe’da ham Tarixda ham xalqaro qonunlarni, kuchli davlatlar zaiflarini ustida zulm qilish quroli bo’lib kelayotganiga guvohmiz. 11 sentyabr voqe’asi, AQSh Afg’oniston bilan Iroqni bosib olishida qaysi xalqaro sudning hukmini ijro etdi. Rossiya Qrimni bosib olishidachi. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari. Hozirda Frantsiya olib borayotgan Musulmonlar ustiga yangi yurishlar. Shularning birortasi, xalqaro qonunlarga muvofiq amalga oshirilgan emas. Lekin kim, qaysi xalqaro tashkilot yoki sud buni tekshira oladi. Xalqaro tashkilot va sudlar, faqat kuchli davlatlarning kontselyariyasi singari ish olib borishadi. Ular o’sha davlatlarning o’z manfaatlaridan kelib chiqib tuzgan re’jalarini amalda ijro etib olishlariga qulayliklar yaratib berish uchungina mavjud bo’lib turishadi.
Demak, islomiy etakchi liderlar, xalqaro tashkilotlar yoki sudlardan yordam so’rab, har xil tashkilotlarga a’zo bo’lish bilan, biror bir muammoni echamiz deb umid paydo qilishlari, faqat o’z kreslolarida uzoqroq o’tirishlari uchun o’z fuqorolarini vaqtincha chalg’itishdan o’zga narsa emas. Buni biz Turkiya hukumatining qariyb yigirma yildan ziyod, YeIga a’zo bo’lsak hammasi yaxshi bo’ladi deb aldab kelganida ko’ra olamiz. BMT, SNG, ShOS, ODKB, YeI va hokazo shu singari tashkilotlarning birortasi umumiy manfaatlarni ko’zlay olmaydi. Chunki bularning har biri, muayan katta davlat tomonidan tuzilgan bo’lib, qonun va dasturlari ham o’sha davlatlar tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot esa, bu rezolyutsiyalardan chetga chiqa olmaydi, ularni ijro etilishini ham ta’minlay olmaydi. Bunga OPYeK tashkilotini AQSh Rossiyani parchalash operatsiyasida foydalanayotgani va ilgari SSSRni parchalashda ham undan foydalangani misol bo’la oladi. Dunyoda xalqaro qonunlar mavjud ekan, bu kabi nopok tashkilotlar uyushtirilaveradi, nopok siyosatchilarimiz ham bu tashkilotlardan xuddi kufr davlatlari kabi, o’z manfaatlari yo’lida birga foydalanib kelaverishadi.