O’zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov 12 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy yig’ilishida qatnashdi va nutq so’zladi. O’z nutqi davomida Karimov O’zbekiston Yevroosiyo ittifoqi yoki Bojxona ittifoqiga qo’shilmasligini aytib o’tdi.
“Ayni vaqtda bir qancha davlatlarda eski davrlarga, sobiq sovet tuzumi shatoitlariga qaytish uchun ishlar olib borilmoqda. Ba’zi xorij telekanallarida sobiq tuzumni maqtovchi ko’rsatuvlar berilmoqda. Lekin biz bunday qilmaymiz. Bizning o’z rivojlanish yo’limiz, xalqimiz oldidagi mas’uliyatimiz bor. Shuni aniq aytamanki, O’zbekiston Yevroosiyo Ittifoqiga yoki Bojxona Ittifoqiga qo’shilmaydi”, – dedi O’zbekiston prezidenti Islom Karimov.
Bundan tashqari Karimov O’zbekiston harbiy bloklarga a’zo bo’lmasligini ham aytib o’tdi. “Men yana bir bor qaytarib o’tamanki, O’zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy blokka a’zo bo’lib kirmaydi. O’zbekistonda boshqa davlat askarlari harakat qilmaydi. O’z navbatida o’zbek askarlari boshqa yurt tuprog’ida qurol ko’tarib yurmaydi”, – deydi O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov.
Turkiston:
O’zining subutsiz siyosati sababli “siyosiy fohisha” laqabini olgan Karimov hozirgi kunda ham o’zining eski odatini tark etmagani aniq, xalqimizda “tarki odat, amri mahol” degan maqol bejizga aytilmagan.
Garchi Karimov hozircha biror-bir ittifoq yoki blokka a’zo bo’lmaslik haqida og’iz ko’pirtirib gapirayotgan bo’lsada, ertaga do’ppi tor kelib qolgan vaqtda o’z so’zidan hech ikkilanmay voz kechishi aniq.
SSSR parchalanish arafasida “Rossiyasiz kun ko’rib bo’lmasligi”ni aytib mustaqillika erishish uchun hech qanday ish qilmagan Karimov Sovetlar davlati parchalanib ketganidan so’ng “mustaqillik” uchun “jon kuydirgan”asosiy kurashchilardan biriga aylandi.
1992 yili Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ga asos solingan vaqtda jonbozlik ko’rsatgan bo’lsa, keyinchalik AQSh bilan aloqalari yaxshilanishi ortidan 1999 yilda bu tashkilotdagi a’zoligini to’xtatib qo’ydi.
2005 yil 13 mayda Andijonda uyushtirgan qirg’ini sababli AQSh va G’arb davlatlari tanqidiga uchragan Karimov O’zbekistondan AQSh harbiy bazasini xaydab chiqarib, yana qayta o’zini Rossiya quchog’iga otdi va Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga uchibketish arafasida hech uyalmay “Endi kim O’zbekistonga dumini ko’tarsa, Rossiyaga ko’targan bo’ladi”, dedi va 2006 yilda KXShTga qaytib kirdi.
AQSh Afg’oniston zaminida olib borayotgan bosqinchilik urishlari bois O’zbekiston bilan aloqalarini qayta tiklagan va eski adovatlarni “unitgani”dan so’ng Karimov 2012 yilga kelib KXShTdagi a’zoligini to’xtatib – chiqib ketgan emas – qo’ydi va bu orqali “uzoqni ko’ra oladigan” Karimov qaytish eshiklarini tamoman berkitib tashlamadi. Shunday ekan Karimov do’ppi tor kelib qolganda yoki O’zbekistonga dumini ko’taradiganlar topilib qolgan vaqtda har qanday ittifoq yoki blokka hech ikkilanmay a’zo bo’ladi. Chunki Karimov uchun asosiy masala o’z xavfsizligi va rejimining barqarorligidir. Aslo O’zbekiston xalq oldidagi mas’liyati emas.