Muoz al-Xatib Suriyaning yarim hokimiyatiga ko’z tikmoqda

410
0

Livanda chiqadigan “Sefir” gazetasi Suriya prezidenti Bashar Asad hokimiyatning ba’zi qismlarini muxolifatga topshirishga rozi ekanligi va bu borada muxolifat bilan uchrashuv o’tkazishga tayyor ekanligi haqida yozdi.

2015 yilda Bashar Asadning Moskvaga borishi haqida xabar tarqatgan gazetaning yozishicha, aprel oyida aksariyati muxolifat vakillaridan iborat Muoz al-Xatib etakchiligida bir hukumatning tashkil qilinishini olg’a surilgan tashabbus muhokamaga qo’yiladi. Gazetege ko’ra, Muoz al-Xatib etakchiligidagi yangi hukumatga konstitutsiya yozib chiqish va umumiy saylovlarga tayyorgarlik ko’rish vazifalari yuklatiladi.

Xabarda aytilishicha, mazkur hukumatda – Rossiya qattiq turib talab qilganidek – mudofaa vazirligi, harbiy quvvat va davlat xavfsizligi Asadning qo’lida qoladi. Ichki ishlar esa muxolifatning qo’liga o’tishida biror muammo yo’qligi olg’a surildi. Biroq muxolifat vakillari gazeta xabar qilayotgan hukumat taqsimlanishiga shubha bilan qaramoqda. Muxolifatga ko’ra, Rossiya va Eron ikki taraf, ya’ni Suriya rejimi va muxolifati rozi bo’ladigan darajada echimga harakat qilmaydi.

Eslatib o’tish lozimki, Suriya milliy koalitsiyasining sobiq rahbari Muoz al-Xatib 2015 yil 1 yanvar kuni “Suriya vatan guguhi” nomli yangi siyosiy tashkilot tuzganligini e’lon qilgan edi.

“Xalqimiz qonining nohaq to’kilishi va ozod ayollarning qamoqxonadagi faryodi bizni o’z tamoyillarimizni e’lon qilishga undadi”, “Siyosat oqayotgan qonni to’xtatish uchun bitim tuzish vositasidir. Avvalambor qamoqxolardagi mahbuslar, xususan ayollar va bolalar ozod qilinishi lozim. Jeneva bayonoti Suriyani qutqarish uchun o’tish yo’liga zamin tayyorlamoqda”, deyiladi guruh rahbari al-Xatibning imzosi bilan chiqarilgan bayonotda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.