Ikki millionga yaqin suriyalik qochqinlarga joy bergan Turkiyaga engillik tug’dirish uchun Birlashgan millatlar tashkiloti ajoyib taklif bilan chiqdi. BMT Turkiyadagi qochqinlardan salkam besh mingtasiga qochqin maqomini berib, boshpana bilan ta’minlashini va boshpana beriladigan suriyaliklar ro’yxati avvaldan tayyorlab qo’yilganini Anqaraga ma’lum qildi.
Olingan ma’lumotlarga ko’ra, Turkiya vazirligidagi mutasaddilar “hech bo’lmagandan ko’ra shu ham yaxshi-da”, degan tushunchaga binoan BMTning taklifini ijobiy qabul qilgan edi. Biroq BMT tarafidan tuzilgan boshpana berilishga loyiq shaxslarning ro’yxatini ko’zdan kechirib chiqqan vazirlik mutasaddilari “shok”ka tushib qoldi. Chunki 2 millionga yaqin qochqindan bor-yo’g’i 5 mingtasiga boshpana berilishiga qaramay, ro’yxatda belgilanganlarning aksariyati universitet bitiruvchilari, malakali doktorlar va muhandislar hamda boshpanaga ehtiyoji bo’lmagan kishilardan iborat ekanligi aniqlandi. BMTga ko’ra, boshpana berishga loyiq bo’lgan shaxslarning ro’yxati BMTning qochqinlar bo’yicha oliy komissarligi tarafidan tayyorlangan.
Turkiya ichki ishlar vazirligi nogiron, boshpanaga ehtiyoji bor suriyaliklardan tuzilgan yangi ro’yxatni tayyorlaganligini BMTga bildirdi. Ammo BMTdan javob kelmadi.
Turkiyada chiqadigan “Yeni Şafak” gazetasi Yevropa davlatlariga boshpana izlab borgan qochqinlarga nisbatan evropaliklar BMT kabi muomalada bo’lganligi haqida yozgan edi. Gazetaning ochiqlashicha, Yevropa davlatlari qochqinlarning kasb-hunar va ilm darajasiga qarab ajratgan va faqat malakali kasb-hunar egalarigagina juda oson shaklda qochqinlik maqomini bergan.
Turkiston:
Turkiya hukumati, Suriya qochqinlarini o’ta xor holatda ushlab turibdi. Kufr olami, AQShni boshchiligida shu qochqinlar muammosini keltirib chiqardi. Shularni bilib turib Turkiya ulardan qandaydir madad so’rayotganining o’zi mantiqsiz harakat. Ularning yordam berish harakatlariga qarang. Ularda manfaat ko’zlashdan boshqa hech qanday insoniylik qolgan emas.
Turkiya emagan somsasiga pul to’lashga majbur. U hatto buni AQShning ko’ziga tik qarab, sen tufayli shu ishlar sodir bo’ldi, sen to’lashing kerak, deya olmaydi. Bundan tashqari xavfsizlik masalasida ham Turkiya uchun o’ta katta muammolar paydo bo’ldi. Ularning xarajatlari ham Turkiya zimmasida turibdi.
Turk hukumati, kufr olamidan umidini uzib, islom olamiga murojaat qilishi lozim. Musulmonlarning iymoniy muhitidan foydalanib, mamlakatlarda islomiy jamg’armalar yig’ish fondlari tashkil etishga targ’ib qilishi kerak. O’zini kufr olamidan umidini uzganini e’lon qilib, ularning g’alamis re’jalarini fosh qilishi lozim. Agar xohlasa o’zi bu qochqinlarni ta’minlay olishi mumkin. Lekin bu ishlar Islom olami kufrning olam bo’ylab olib borayotgan zulmlarini his qilishlariga foyda beradi. Kufr olami uchun esa siyosiy bosim bo’ladi. Afsuski Turk hukumati ham boshqa islomiy yurtlar singari kufrning bir loihalarini hayotimizga tatbiq qilish amaliyotlarining bir qismiga aylanib ketdi. U qo’rqqanidan, osongina musulmonlarni xorlaydigan kufr tuzib beayotgan loihalar bo’ylab harakatlana boshladi. AQSh Shomda shakllangan islomiy tashkilotlar bilan Turk hokimiyatini ham vaximaga sola oldi. U o’z xavfsizligi yo’lida har qanday xorlikni ko’tara oladigan bir davlatga aylandi. Qochqinlarning ahvollari, butun dunyo musulmonlarini xavotirga solib, sabr kosalarini to’ldirib borayapti. Qochqinlarning ko’payib ketishlarini oldini olib, atayin xor holatda ushlab turishibdi. Shu xor holatlarini internet orqali muntazam tarqatib borilayapti.