Suriya rejimi va muxolifatini birlashtirishga harakat ketmoqda

443
0

Suriya tashqi ishlar vazirligi Rossiya hukumati ko’tarib chiqayotgan “Suriya rejimi va muxolifatini muzokara stoliga jalb qilish” tashabbusini qabul qilganligini va muxolifat vakillari bilan uchrashishga tayyor ekanligini bildirdi.

“Suriya hukumati mamlakatdagi inqirozdan qutilish yo’lini topish va Suriya xalqining umidlarini ro’yobga chiqarish uchun Moskvada tashkil qilinadigan yig’ilishda ishtirok etishga tayyordir”, deyiladi Suriya vazirligi tarafidan chiqarilgan bayonotda.

Suriya tuproqlarida terrorga (Islomiy harakatlarga) qarshi kurash davom etishini ta’kidlab o’tgan Suriya tashqi ishlar vazirligi shu vaqtgacha Moskvada bo’lib o’tgan uchrashuvlardan maqsad “Suriyaliklar o’rtasida tashqi davlatlarning aralashuvisiz muzokara tashkil qilish” bo’lganligini qayd etdi.

Oxirgi paytlarda Rossiya hukumati Suriya inqirozini hal qilish uchun Moskvada yangi Jeneva davrini boshlashga harakat qilayotgani ko’zga tashlanmoqda. Dekabr oyining boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xos vakili mixail Bogdanov Istambulda Suriya milliy koalitsiyasining rahbari Hodi al-Bahra bilan uchrashgan edi. Undan biroz avval Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim Rossiyaga kelib prezident Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergky Lavrov bilan uchrashgan edi.

Suriya milliy koalitsiyasining mas’ullari Rossiya va Suriya muxolifati o’rtasidagi aloqalar oxirgi paytlarda kuchaygani va Rossiya taraf Suriya muxolafatini muzokara stoliga o’tirishi uchun siquvga olayotganini bildirmoqda. Muxolifat vakillarining bildirishicha, Rossiya hukumati Suriya rejimi va muxolifati o’rtasida tezroq tinchlik bitimi boshlanishini istaydi. Buning uchun u Suriya muxolifatiga tezroq harakat qilishi uchun bosim o’tkazmoqda.

Suriya inqirozini hal qilishda rol o’ynash istagida bo’lgan Misr mas’ullari esa Qohiraga yo’l olgan Suriya milliy kolitsiyasining rahbari Hodi al-Bahra bilan uchrashdi. U erda Hodi al-Bahra birinchi o’rinda arab davlatlari ligasining rahbari Nabil Arabiy bilan ko’rishdi. Al-Bahra Nabil Arabiy bilan uchrashuvi ortidan bergan bayonotda Moskva yoki Qohira bu bosqichda Suriya inqiroziga nisbatan rasmiy tashabbus ko’rsatmaganligini aytib o’tdi.

“Suriya inqiroziga nisbatan Misr yoki Rossiyaning biror tashabbusi yo’q. Asosiy masala Qohirada barcha muxolifatchilar bir joyda to’planadigan uchrashuvni tashkil qilishdir. Hali bu borada aniq bir narsa deyish qiyin”, dedi Suriya milliy kolitsiyasining rahbari.

Hodi al-Bahra Nabil Arabiy bilan BMTning Suriya masalasi bo’yicha xos vakili Steffan De Misturaning “muzlatilgan mintaqalar” rejasi va Rossiya hukumati tashkil qilishga urinayotgan “Moskva kongresi” haqida bahs qilganligini bildirdi.

“Biz muxolifat sifatida zimmamizga tushgan vazifani bajarish uchun o’zaro to’planib tinchlik muzokaralari amalga oshiriladigan “mushtarak yo’l xaritasi” ustida bitim tuzish niyatidamiz”, dedi Suriya milliy kolitsiyasining rahbari Hodi al-Bahra.

Turkiston:

Shom mintaqasi muammolari, Ukraina masalasidan keyinga o’tib, biroz etiborsiz bo’lib qolgan edi. Bu AQShning Rossiyaga qarshi olib borayotgan rejasining bir qismi bo’lib, u atayin dunyo bo’ylab IShID tashkilotini o’ta xatarli qilib ko’rsatish operatsiyasini olib bordi. Maqsadi, Saudiya va OPYeKka a’zo arab davlatlarini vaximaga solish bilan ularni neft narxini pasaytirishga rozi qilish edi.

Saddam Xusayn bosh bo’lgan Iroq rejimi qulab, AQSh uchun isroil va Arab o’lkalarini vaximaga solib turuvchi quvvat yo’qolib qoldi. Endi yangisi paydo qilindi. Ularning xar bir qatl marosimlari internetdan keng yoyilishi uchun sharoitlar yaratildi. Ularga qo’shilishlari uchun mujoxidlar kirib borish yo’llari keng ochib berildi. IShID uchun banklarda pullar va xarbiy texnika atayin qoldirildi. Xullas shularni xammasi uyushtirildi.

Natijada IShID tashkiloti nafaqat Arab o’lkalarini balki O’rta Osiyo yurtlarini xam vahimaga sola boshladi. AQSh bu tashkilotni o’z nazoratida ushlab turgandek ko’rinib, undan o’z maqsadi yo’lida bir necha mintaqalarni vahimaga sola boshladi. Xatto uning nomidan bir necha qo’poruv amaliyotlar uyushtirdi va yana uyushtirishi mumkin. AQShning maqsadlari ro’yobga chiqib borayotganini, Rossiyaning bugungi kundagi ahvolini ko’rish bilan his qila olamiz. Shularning xammasi, AQShning bosimi bilan Arab o’lkalari neft qazib chiqarishni keskin ko’paytirishlari bilan amalga oshirildi. Yo’qsa hozirda Arab o’lkalari uchun neft narxini pasaytirishda ziyondan boshqa manfaat yo’q. Demak ularni doimiy qo’rquvda ushlab turish uchun, Shom mintaqasini bir necha mamlakatchalarga bo’lib yuborish bilan, vaqtincha bo’lsa xam osoishtalik paydo qilib turilishi kerak. Hech bo’lmaganda, Musulmonlarni belgilanishi kutiladigan qalbaki chegaralarni buzmaslikka rozi qilishga urunishadi. Musulmonlar o’z aro urushlar olib borishlari uchun, alohida, hech bir davlat tan olmaydigan bir mintaqani qoldiradi. Xuddi shu tan olinmagan xudud, AQShning re’jasi bo’yicha butun mintaqani qo’rquvda va xalqaro siyosatga muxtoj xolatida ushlab turishiga imkon beradi.

Boshimizga tushib borayotgan bu xolatdan, faqat islomiy mafkura asosidagi uyg’unlik olib chiqa oladi. Xatto xar bir musulmon xarbiylari, kufr mafkurasidan ta’sirlanib qolgani uchun to’g’ri xarakatga kelmayapti yoki Musulmonlarga qarshi xarakatlanayapti. Xar bir Mujoxid xam boshqa Musulmonlarni qatl qilayotganida yoki bir birlariga qarshi qurol ko’tarayotganida, xamma vaqt xam Islom mafkurasini to’g’ri tushunayotgani yo’q.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.