Asad tashqi davlatlardan har oyda bir milliard dollar oladi

354
0

“Aljazira”ga intervyu bergan Suriya milliy koalitsiyasining sobiq bosh kotibi Mustafo Sabbay Asad rejimi saqlanib turishi uchun tashqi davlatlar har oyda bir milliard dollar saflayotganini ochiqladi. Sabbayning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat tarafidan berilgan va’dalar amalga oshmaganligi sababli – Sabbayning tili bilan aytganda – Suriya muxolifatining siyosiy qanoti hisoblangan milliy koalitsiya bilan boshqa qurolli guruhlar orasida muhim aloqalar o’rnatilmagan.

“Dushmanimiz pinagini buzmay o’z xalqini o’ldirayotgan diktator bo’lishiga qaramay, har oyda bir milliard dollardan yordam oladi. Suriya milliy koalitsiyasi esa tashkil qilingan kundan buyon 2 yil ichida 300 million dollar yordam oldi xolos”, dedi sobiq bosh kotib.

Sabbay Asad rejimi qulagandan so’ng yangi hukumat Allohning shariati bilan emas, xalq irodasi bilan boshqarilishiga ishora qilar ekan, ayni maqsadda qurilgan Suriya milliy kolitsiyasi va muvaqqat hukumat har qanday holatda ham qayta qulamasligi lozimligini ta’kidladi.

“Asad rejimi qulamas ekan, hech bir muammo hal bo’lmaydi. Rejim qulagandan so’ng esa biz barcha muammolarimizni xal etaoladigan irodamiz borligini butun dunyoga ko’rsatamiz”, dedi u.

Sabbay Aljaziraga bergan intervyusida demokratiyani yoqlab chiqqan Suriya milliy koalitsiyasi Jihodiy guruhlar tarafidan qabul qilinmaganligini ilova qildi.

“Albatta muammolar bor. Oramizda ixtiloflar mavjud. Asad rejimiga qarshi kurashayotgan guruhlar bilan mustahkam dialog qura olmadik. Hatto koalitsiya ichida ham kuchlar muvozanati o’zgarmoqda. Nima bo’lganda ham, avval boshdan bizga berilgan va’dalarga vafo qilinganda edi, urush oqimi o’zgargani kabi siyosatda ham oldinga siljigan bo’lardik. Siz bilan birgamiz degan do’stlarimiz, ortga chekinib bizni yolg’iz qoldirishdi”, dedi Sabbay.

Sabbay so’ngi paytlarda Suriyaning bir qancha mintaqalarida amalga oshirilgan AQSh boshchiligidagi koalitsiya hujumlariga ham to’xtalib o’tdi. Uning ochiqlashicha, kolitsiyaga qo’shilgan davlatlar orasida fikr va maqsadlarda birdamlik yo’q. IShIDni bahona qilib boshqa guruhlarni nishonga olish oqlab bo’lmaydigan ish ekandigiga diqqatni jalb qilgan Sabbay AQSh va hamkorlari 8-10 yil bo’yicha IShIDni har kun bombalasa ham biror bir natijaga erisha olmasligiga urg’u berdi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.