Stevart: BMT va Yevropaning bunday xunrezlikka izn berishiga ishonmagandim

491
0
28 yillik harbiy xizmatidan so’ng nafaqaga chiqqan Angliyalik sobiq qo’mondon Bob Stevart ingliz deputatlari bilan Bosniya-Gersogavina poytaxti Saraybosniyadagi Srebrenitsa yodgorlik galeriyasini ziyorat qilar ekan, tarixdagi achchiq kunlarni yodga oldi.
Bob Stevart 1992-1995 yillar orasida Bosniya musulmonlariga nisbatan vahshiylarcha qirg’inlar va qatliomlar amalga oshirilgan davrda BMT tinchlik missiyasiga qarashli Angliya bataloniga qo’mondonlik qilgan. U 1993 yil 23 aprelda Ahmiji qishlog’ida vahshiylarcha amalga oishirilgan qatliomdan so’ng qishloqqa birinchi bo’lib kirgan xorijlik harbiydir.
“Hayotimning har kunida Ahmiji bilan birga yashayman. 1993 yil 23 aprelda Ahmiji qishlog’iga kirgan paytimda ko’zlarimga ishonmadim. Bu ko’rganlarimni aslo unita olmayman”, “Duo qilamanki, Ahmiji qatliomi qayta takrorlanmasin”, dedi Bosniyalik begunoh insonlarning vahshiylarcha o’ldirilishiga guvoh bo’lgan nafaqaxo’r ingliz ofitseri Bob Stevart.
“Hirvat” mudofaa kengashiga qarashli xos kuchlar 1993 yil 23 aprelda Vitez shahri yaqinida joylashgan Ahmiji qishlog’iga hujum qilib yuzdan ortiq begunoh insonlarni qirib tashlagan edi. Ular orasida yosh go’daklar, muslima ayollar va sakson yoshdan o’tgan qariyalar ham vahshiylarcha o’ldirilgan edi.
BMT tinchlik missiyasida qo’mondon vazifasini bajargan, xususan BMT ishtirokida qatliom amalga oshirilgan Serebrenitsa shahrida ham xizmat qilganligini aytib o’tgan Stevart so’zini shunday davom ettirdi:
“Biz avval Serebrenitsada edik. Bir oz o’tib o’rnimizga kanadaliklar keldi. Undan so’ng Gollandiyaliklar kelishdi. Buning ortidan Serebrenitsada shafqatsizlarcha, insoniyat ko’tara olmaydigan qirg’in amalga oshirildi. 8 mingga yaqin inson o’ldirildi. Ikkinchi jahon urishidan so’ng hali ko’rilmagan qatliom amalga oshirildi”, “BMT va Yevropaning bunday xunrezlikka izn berishiga ishonmagandim”.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.