Checheniston rahbari Ramazon Qodirov Grozniy shahridagi Bilimxonov nomidagi stadionga yig’ilgan, harbiy tayyorgarlikdan o’tgan 20 mingga yaqin ko’ngillilar oldida so’zlagan nutqida, chechen ko’ngillilari Rossiya prezidentining har qanday topshirig’ini bajarishga tayyor ekanligini aytib, o’z sadoqatini yana bir bora izxor qildi.
“Putin 15 yildan buyon bizning xalqqa yordam ko’rsatib kelmoqda. Endi biz sizlar bilan birgamiz, bizlar maxsus tayyorgarlikdan o’tgan o’n minglab odamlar Rossiyaning milliy rahbaridan, bizlarni Oliy bosh qo’mondonning ko’ngilli maxsus otryadi hisoblashini so’raymiz, bizlar Rossiyani, uning barqarorligi, chegaralarini himoya qilishga, har qanday murakkab jangovor topshiriqlarni bajarishga tayyormiz”, – deya “tantanali va’da” berdi Qodirov.
Chechenistonda qatl etilgan o’n minglab musulmonlar qoni uchun javobgar bo’lgan Ramazon Qodirov o’z nutqi davomida, “Amerika va Yevropa Rossiyaga iqtisodiy urish e’lon qilgani, mamlakatda tartibsizlik, vahima va ommaviy g’alayon keltirib chiqarishga harakat qilayotgani”ni ta’kidlab o’tdi. Ammo Qodirov, “rus xalqi o’z etakchisi Putin atrofida birlashganiga, chechen xalqi esa mazkur birlikda markaziy o’rinni egallashiga” ishonchi komilligini belgilab o’tdi.
“Biz mamlakatda muntazam armiya, aviatsiya, dengiz floti va yadroviy kuchlar borligiga qat’iy aminmiz, Biroq, shunday vazifalar borki, ular faqatgina ko’ngillilar tomonidan xal etiladi. Biz sizlar bilan bularni xal qilamiz”, – dedi Qodirov.