O’zbekiston yil sayin harbiy xarajatlarini oshirib bormoqda

943
0

Strategic Defense Intelligence konsalting firmasi O’zbekistonning harbiy-sanoat kompleksi istiqboliga oid ma’lumotlar va 2019 yilgacha bo’lgan prognozlarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 2010-2014 yillarda respublikaning harbiy-sanoat kompleksida o’sish sur’ati 11,65 foizni tashkil etib, $1,4 mlrd.dan $2,2 mlrd.ga etgan. 2015 yilda bu ko’rsatkich $2,4 mlrd. bo’lishi kutilmoqda.

Ekspertlarning fikriga ko’ra, 2019 yilga borib ushbu ko’rsatkich $3,4 mlrd.ga etadi, yillik o’rtacha o’sish esa 9,48 foizga teng bo’ladi.

Turkiston:

Joriy yilning yoz oylarida Global Firepower Index (Global harbiy quvvat indeksi) e’lon qilgan reytingida O’zbekiston qurolli kuchlari 106 ta davlat orasida 48-o’rinni egallashini ma’lum qilgan edi.

Mazkur reytingda O’zbekistonning harbiy quvvati sobiq ittifoq hududida Rossiya (2-o’rin) va Ukraina (21-o’rin)dan keyin 3-o’rinni egallagan edi.

Ammo bunday reytinglar faqatgina axborot beruvchi ahamiyatga ega bo’lib, qurolli kuchlarning asl layoqotini aks ettirmaydi. Ya’ni, askar va ofitserlarning malaka darajasi, harbiy texnika holati, jangchilarning ruhiy holati kabi muhim omillar hisobga olinmaydi.

O’zbekiston hukumati harbiy harajatlarni yil sayin oshirib borgani bilan, bu harajatlar qurol-yaroq yoki harbiylarni malakasini oshirishga emas, balki ularning moddiy qo’llab-quvvatlashgagina sarflanadi. O’zbekistonda harbiy xizmatga bo’lgan qiziqishni kuchliligiga sabab ham ular oladigan maoshni oddiy ishchi va xizmatchilarnikiga qaraganda sezilari darajada balandligi va boshqalardan farqli ravishda, ularning maoshlari plastik kartaga o’tkazilmasdan naqd to’lanishidadir. Bundan tashqari rasmiy hukumat harbiylar sonini keskin qisqartirib tashladi. Bugungi kunga kelib ularning soni 80 mingdan 48 minga tushirildi.

Karimov o’z “rahnamoligida” olib borayotgan “odil va oqil” siyosati natijasida harbiylardan ko’ra ko’proq Ichki ishlar vazirligi xodimlariga ehtiyoj kuchayib ketgan. Shuning uchun ham bugungi kunga kelib ularning soni 150 mingdan oshib ketdi. Ularni ta’minlash uchun qancha mablag’ sarflanishi esa sirligicha qolmoqda.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.