Yevropa ittifoqi Qirg’izistonga 10 million evro ajratadi

498
0

Belgiya qirolligi poytaxti Bryussel shahrida Qirg’iziston respublikasi va Yevropa ittifoqi o’rtasidagi hamkorlik bo’yicha kengashning 13- yig’ilishida ishtirok etib qaytgan tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev prezident Almazbek Atambaev bilan bo’lgan uchrashuvda, Yevropa ittifoqi Qirg’izistonga saylov tizimini islox qilish va demokratik saylovlar o’tkazish uchun 10 million evro ajratishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari tashqi ishlar vaziri, YeI Qirg’izistonga mamlakatda demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirish uchun 2014-2020 yillarda qo’shimcha 184 million evro ajratishini va bu ko’rsatkich avvalgiga qaraganda 74 foizga ko’pligini aytib o’tdi.

Turkiston:

Korruptsiya, tanish-bilishchilik, ishni sohi mutaxassislari emas, balki orqasida kuchli qo’llovchisi bo’lgan shaxslar egallashi sababli Qirg’iziston hukumati iqtisodiy muammolar iskanjasiga tushib qoldi. Bu muammolardan qutulish, imkon qadar xalqni nafratiga duch kelmaslik uchun hukumat o’ngu-so’liga qaramay duch kelgan davlatdan qarz va yordam pullarini olishga odatlanib qoldi.

Yirik davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan qarz yoki yordam pullari esa hech qachon evazsiz bo’lmaydi, buni ortida mazkur davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar rasmiy hukumatdan biror shartni amalga oshirishni talab qilishi tabiiy.

Olgan pullarni oqlash va yanada ko’proq yordam olish ilinjida, rasmiy hukumat o’z xalqi urf-odatlari, qadriyatlariga mos kelish yoki kelmasligidan qati’y nazar ularning shartlarini bajarishga kirishadi. Xalq orasida “musiqani pul to’lagan buyurtma qiladi” degan gap bejizga aytilinmagan.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.