Qirg’iziston va Rossiya taraqqiyot jamg’armasini tashkil etdi

630
0

Qirg’iziston va Rossiya hukumatlari 24 noyabr kuni taraqqiyot jamg’armasini tuzish haqidagi kelishuvni imzolashdi. Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev ishtirok etgan tadbirda kelishuvga Qirg’iziston Moliya vazirining o’rinbosari Mirlan Baygonchokov va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirining o’rinbosari Sergey Storchak imzo chekdi.

Prezident Almazbek Atambaev qirg’iz-rus taraqqiyot jamg’armasining Qirg’iziston iqtisodiyotini rivojlantirish va respublikaning Yevroosiyo makonidagi integratsiyaga moslashuvida muhim ahamiyat kasb etishiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, Qirg’iziston rahbari jamg’arma mablag’lari ham Qirg’iziston, ham Rossiyaga foyda keltiradigan aniq loyihalarga yo’naltirilishi zarurligini ta’kidladi.

Jamg’armaning nizom jamg’armasi 500 million AQSh dollarini tashkil etadi. Dastlabki 100 million dollar joriy yilning 31 dekabriga qadar jamg’armaga kelib tushadi, qolgan 400 million dollar 2016 yilning 29 mayiga qadar o’tkaziladi. Bundan tashqari, Rossiya tomoni jamg’armaga 500 million dollar miqdorida yuqori imtiyozli zayom jalb etish majburiyatini olgan.

Qirg’iziston va Rossiya o’rtasida taraqqiyot jamg’armasini tuzishga joriy yil mayida kelishib olingan edi. Jamg’arma ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka, Qirg’iziston iqtisodiyotini modernizatsiya qilishga va respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasiga moslashishiga ko’maklashishni maqsad qilgan.

Turkiston:

Xitoy bilan Rossiyaning aloqalari yomonlashib borayotgani xaqidagi bayonotlar tasdiqlana boshladi. ShOS tashkilatining oxirgi yillardagi uchrashuvlarining asosiy baxs mavzu’lari shu jamg’arma xaqida borgan edi. Xitoy ShOS uchun aloxida valyuta fondini ochish lozimligini va o’zi daslab o’n milliard pul tikishi mumkinligi xaqida taklif kiritgan edi. Rossiya buni rad etib keladi. U Xitoy bilan moliyaviy tomondan raqobatlasha olmasligini bilib, bu ishga ayoq tirab kelar edi. Avsrtaliyadagi katta 20 talik davlati uchrashuvida Xitoy bilan AQSh o’rtalarida bir qancha kelishmovchiliklar xal bo’lib, Xitoyning o’rta Osiyoga bo’lgan muomilasi o’zgardi. Shuningdek Rossiyaga bo’lgan ilgarigi xurmat yuzasida shakllangan SSSRdan me’ros qolgan munosabatlarga xam dars ketgandek bo’ldi. Xitoy Tojikistonga bir yarim milliard pul taklif qildi. Rossiya endi yuqoridagi shoshilinch ochilayotgan fondni, ShOSdan tashqarida bo’lsa xam imzolab qo’ydi. Albatta Qirg’izistonga Souresning tashrifi va Shvetsariya prizidentining kelishlarining xam bu fondni tezlashib ketishida ta’siri bor. Lekin bu fonddan Qirg’iziston uchun deyarli xech qanday manfaat yo’q. Bu bir rasmiyatchilikdan boshqa narsa emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.