Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan AQSh prezidentining yordamchisi Jo Bayden bilan uchrashdi. Erdogan va Bayden Beylerbeyi saroyida 3,5 soatga yaqin davom etgan uchrashuvdan so’ng jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil qildi.
Prezident Erdogan uchrashuv haqida so’z ochar ekan, “O’zaro maslahat qilib olganimiz juda ko’p mavzularda AQSh bilan hamfikr ekanligimizni mamnuniyat ila ma’lum qilishni istardim”, deya ochiqladi.
Erdugon AQSh va Turkiya o’rtasidagi hamkorliklarni yuqori baholadi. Uning ta’riflashicha, sherik va do’st sifatida strotegik hamkorlikdan namunaviy hamkorlikka o’tish davrini muvaffaqiyatli bosib o’tgan ikki davlat O’rta Sharqdan Afg’onistongacha, Bolqondan Kavkazgacha cho’zilgan mintaqalarda yaqin hamkorlik o’rnatgan. Bu hamkorlik xalqaro tinchlik va barqarorlikni muhofaza qilish, “terror” va “ekstrimizm”ga qarshi kurash, energetika xavfsizligi hamda ommaviy qirg’in qurollar tarqalishini oldini olish kabi bir qancha muhim masalalarni ramkaga solgan.
“AQSh bilan hamkorligimizni yana-da kuchaytirgan holda davom ettirish istagidamiz. Muhtaram Bayden bilan biroz avval o’tkazgan uchrashuvimizda va undan so’ng Baydenning sharafi uchun tuzatilgan dasturxon atrofida bu mavzuda suhbat o’tkazishga fursat topdik. Birinchi darajali masala sifatida Suriya va Iroqdagi IShID tahdidi borasida atroflicha gaplashib olishga imkon topdik. Albatta bu mavzuda atroflicha, batafsil muzokaralarni bugunga qadar davom ettirdik va yana davom ettiraveramiz”, dedi prezident Erdogan.
Shuningdek, Turkiya prezidenti uchrashuv chog’ida ayni shaklda Qibris, Ukraina, Kavkaz, Afg’oniston va barcha chegaradosh mintaqalarda yuzaga kelgan oxirgi hodisalar haqida bahs munozaralar o’tkazishga imkon topilganligini ham aytib o’tdi.