Qirg’iziston hukumati o’z hokimiyatiga “xavf solishi” mumkin bo’lgan “ashaddiy jinoyatchi”larga qarshi kurashini 2014 yilga kelib yanada kuchaytirdi. Bu kurashda rasmiy hukumat o’ziga raqib sifatida ojiza muslima ayollarni tanladi.
Dastlab, rasmiy hukumat Jalolobod viloyatida tug’ilgan va Bishkek shahrida yashab kelgan 1960 yilning 16 noyabrida tug’ilgan, ikkinchi guruh nogironi bo’lgan Qipchakboeva Sayraxon Kenjetaevnani 2014 yilning 27 mart kuni Bishkek shahar Birinchi may tuman sudiga chaqirtirdi va sud qarori bilan Bishkek shahridagi 1 sonli vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga tashladi. Keyinchalik, 2014 yilning 10 sentyabr kuni bo’lib o’tgan sud majlisida Birinchi may tuman sudi Qipchaqboeva Sayraxonni Qirg’iziston jinoyat kodeksining 299 – (etnik, diniy va millatlararo nizo keltirib chiqarishga urinish) moddasi bilan aybdor deb topib, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etdi. Mazkur sud ishida Qipchaqboeva bilan birgalikda yana bir “hukumatga jiddiy xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan” 1986 yilning 17 martida Norin viloyatida tug’ilgan, oilali, ikki yosh farzandni onasi O’rozbekova Gulzina Qochqinovnaning ham ishi ko’rib chiqildi. O’rozbekova Gulzina birinchi marotaba sudlanayotgani, qaramog’ida ikki nafar yosh bolasi borligi e’tiborga olinib, uch yil muddatga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanib, bir yillik sinov muddati tayinlandi.
Qipchakboeva Sayraxondan so’ng rasmiy hukumat Omonova Zulfiyani ham qamoqqa oldi. Qaryib ikki oy qamoqda saqlagandan so’ng, Zulfiyaga nisbatan ehtiyot chorasi 20 may kuni uy qamog’iga almashtirildi va keyinchalik bo’lib o’tgan bir nechta sudlarda Zulfiya Omonovani aybi isbotlanmagan bo’lsada, 50 ming som jarima solib ozodlikka chiqarildi.
Bundan tashqari, Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi xodimlari tomonidan 2014 yilning 1 aprel kuni 1976 yil 5 mart kuni Jalolobod shahrida tug’ilgan To’xtaboeva Jumaziyo Suyutbekovnaning Bishkek shahridagi yashab turgan xonadonida tintuv o’tkazilgan va tintuv vaqtida uning uyidan Hizb ut-Tahrirga tegishli bo’lgan adabiyotlar topilgani uchun Qirg’iziston jinoyat kodeksining 299 – (etnik, diniy va millatlararo nizo keltirib chiqarishga urinish) moddasi bo’yicha ayblab qamoqqa olgan edi. Keyinchalik 2014 yil 24 iyun kuni Birinchi may tuman sudi To’xtaboeva Jumaziyoni 4 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
O’z kurashini yanada kuchaytirishga qaror qilgan rasmiy hukumatning kuch organlari 2014 yilning 30 sentyabr kuni Jalolobod viloyatining Toshko’mir shahrida “antiterror” amaliyoti doirasida bir nechta xonadonlarda tintuv ishlarini o’tkazdi. Bu amaliyotlar natijasida 20 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan 7 nafar ayol Hizb ut-Tahrir tashkilotiga a’zolikda gumonlanib qo’lga olindi va ularga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atildi.
Islom va musulmonlarga qarshi kurashish uchun o’z xojalaridan olayotgan pullarni oqlash va mavjud bo’lmagan xavfni bo’rtirib ko’rsatib, ulardan yanada ko’proq pul undirish maqsadida hamda nafaqat er, aka-uka yoki otalar, balki barcha musulmonlar tomonidan nomus sifatida saqlanishi vojib bo’lgan ojiza ayollarga qarshi olib borayotgan ta’qiblariga hech qanday salbiy munosabat bildirilmayotganidan ruhlangan rasmiy hukumat kuch organlari tomonidan 2014 yilning 18 noyabr kuni poytaxt Bishkek shahri va Chuy viloyatida Hizb ut-Tahrir tashkilotiga a’zolikda gumon qilingan bir nechta ojiza ayollar uyida tintuv o’tkazildi. Bu tintuv va qo’lga olish amaliyotni IIV 10-bo’limi va MXDQ xodimlari hamkorlikda amalga oshirdi.
IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, O’sh viloyati Aravon tumanining Mang’it qishlog’ida tug’ilgan, ayni vaqtda Bishkek shahrida yashovchi 1989 yilda tug’ilgan K.B ning uyidan katta miqdorda Hizb ut-Tahriga tegishli adabiyotlar topilgan.
Yana boshqa bir muslima, 1988 yilda Norin viloyatining Ak-Talin tumanida tug’ilgan va Bishkek shahrida yashab, maktab-gimnaziyada o’qituvchilik qiluvchi J.Aning uyida olib borilgan tintuv natijasida ham “ta’qiqlangan adabiyotlar” borligi aniqlangan.
Chuy viloyati Issiqota tumanida yashovchi, 1987 yili Issiqko’l viloyati Tup tumanining Ichke-Suu qishlog’ida tug’ilgan J.Zning uyida olib borilgan tintuv mobaynida “diniy-ekstremistik” mazmundagi kitoblar, netbuk, yon daftar va noutbuk topilgan.
Bishkek shahar Jal kichik tumanida yashovchi 1987 yilda tug’ilgan K.Jning uyidan ham ayni mazmundagi adabiyotlar topilgan.
Qirg’izistonni Bojxona ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy tashkilotiga a’zo bo’lishi uchun qattiq bosim o’tkazayotgan Rossiya hukumati o’z navbatida Atamboevdan Islom va musulmonlarga qarshi kurashni kuchaytirishni ham talab qilmoqda. Rossiya Islom va musulmonlarga qarshi kurashish uchun qanday yo’l tutayotgan bo’lsa, Qirg’iziston hukumati ham unga qadamma-qadam ergashmoqda va do’st kimu, dushman kimligini farqiga bormay ojiza ayollardan o’zi uchun “xatar” paydo qilib, shu yo’l orqali o’z xojasini rozi qilishga intilib kelyapti.
Abdurahmon Odilov Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi a’zosi
20 noyabr 2014 yil