Xitoy sharq bilan g’arbni bir biriga bog’lab kelgan tarixiy Ipak yo’lini yangidan jonlantirish uchun buyudjetdan juda katta miqdorda sarmoya ajratdi. Xitoy hukmati “Ipak yo’li” nomi ostida olib boriladigan katta yo’l va temir yo’li qurilishi uchun buyudjetdan 40 milliard dollarlik sarmoya ajratganligini ma’lum qildi. Bu reja uchun byudjetdan Xitoy ajratadigan mablag’ 16 milliard dollar atrofida bo’lishi taxmin qilinayotgan edi.
Xitoy sarmoya yotqizadigan davlatlarning katta qismi O’rta Osiyo davlatlariga to’g’ri keladi. Xitoy bu hamlasi bilan Osiyo va O’rta Osiyo davlatlaridagi ta’sirini toboro kuchaytira boshlagani aytilmoqda. Xususan Rossiya Osiyoda kundan kunga o’z ta’sirini yo’qotayotgan bir paytda Xitoyning Osiyo va O’rta Osiyo davlatlarida o’rnashib olishga qaratilgan qadamlari diqqatni tortadi. Xitoy yangi ipak yo’li qo’rishni istagan mintaqalar O’rta Osiyo davlatlaridan o’tib Eron orqali Turkiya, undan so’ngra Yevropaga bog’lanadi.
Xitoyning asosiy maqsadi hozirgi paytda tinch mintaqa hisoblangan O’rta Osiyoni xalqaro temir yo’li, energetika va naqliyot markazi holiga keltirib, Xitoy-O’rta Osiyo va Yevropa o’rtasida bir aloqa o’rnatish ekanligi aytilmoqda. Xabarlarda aytilishicha, Xitoy prezidenti Si TSzinpin o’z nutqida ochiqlagan mintaqalarni “Ipak yo’li iqtisodiy bel kamari” holiga keltirish uchun harakatlar kuchaytirilgan.
Jamoatchilikka oshkor qilingan rejalar ustida tadqiqot o’tkazgan tahlilchilar va diplomatlarga ko’ra, Xitoy o’ziga yaqin bo’lgan mintaqalarni yo’llar, temir yo’llari, quvur yo’llari, portlar bilan o’ziga yana ham bog’lab olishni istamoqda. Bu rejalar ayni paytda Osiyo va Tinch okeani erkin savdo bitimi, 50 milliard dollarlik Osiyo infratuzilma sarmoya banki va 40 milliard dollarlik Ipak yo’li fondini o’z ichiga oladi.
Turkiston:
Dunyo giopalitikasi o’zgara boshladi. Bu dunyoni BMT orqali boshqarib kelayotgan xalqaro sistemaning parchalanishi yoki yangitdan tuzulishi bilan nihoyasiga etadigan olamshumul hodisa bo’ladi. Xitoyning O’rta Osiyoga bo’lgan yuqoridagi qiziqishini va uni zabt etish uchun olib borilayotgan harakatlarini bundan o’zgacha tahlil qilish mumkin emas. U Rossiyaning xalqaro maydondagi holatini yaxshi anglagan holida, AQShning M. Osiyo masalasi bo’yicha tuzib bergan “ipak yo’li” loihasini to’la amalga oshirishga harakat qiladi. AQSh Xitoyga bu ishni amalga oshirishida yordam ko’rsatadi. Negaki uning negizgi maqsadi O’. Osiyoni mustamlaka qilish emas, balki Rossiyani parchalash masalasidir. To’g’rirog’i, hozirda o’z oldiga qo’ygan avvalgi maqsadi shunday. Shuning uchun u Xitoyni bu mintaqani iqtisodiy tomonlama mustamlaka qilib olishiga ko’maklashadi.
Xitoyning xozirgi holati, Rossiyaning iqtisodiy inqirozining teskari ko’rinishi desak bo’ladi. U xom ashyo defitsiti muammosiga yo’liqib kelmoqda. Bu holat Xitoyni tashqi iqtisodiy aloqalarida, import va eksport balansining buzulishiga oqibatida yuz berdi. Eksport qilinayotgan tovarlar esa o’z o’rnini qog’oz pullarga almashtirib, natijada dizbalans ya’ni haqiqiy iqtisodiy inqiroz paydo bo’ladi. Bu Xitoy iqtisodiy sistemasining uning siyosiy jihatidan olam bo’ylab kengayish harakatlarining to’xtatib qo’yilishidan kelib chiqadi. Shuning uchun u yangi siyosiy harakatlarida, olamshumul loihalarni investitsiyalash, olamiy kompaniyalarni sotib olish, ShOS singari siyosiy tashkilotlar paydo qilish orqali kichik davlatlarni moliyaviy qarz qilish kabi siyosiy harakatlar qila boshladi. Negaki moliyaviy kapitalning ko’payib borish muammosi, ya’ni dunyo bozorlarining unga keng ochib berilishi va u yurtlarga Xitoyning tovarlari kirib borib o’rniga ayriboshlash yo’li bilan kelishi lozim bo’lgan xom ashyolarning etarli kirib kelmasligi, uning o’rniga faqat AQSh dollorining oqib kelaverish mexanizmi, Xitoyning xalqaro maydondagi siyosiy qudratiga bevosita bog’liq. Shuning uchun Xitoy, xalqaro maydonda o’z nufuzini kengaytirish uchun, har qanaqangi moliyaviy chiqimlar qilishga tayyor. Aks xolda Xitoy AQSh dolloriga bog’lanib boraverish bilan, xaqiqiy iqtisodiy inqirozga yuz tutadi va AQShning mustamlakasiga aylanadi.