“Katta yigirmatalik” (G20) Rossiyaga qarshi yangi choralar qo’llashi mumkin

456
0

Avstraliyaning Brisban shahrida 15 noyabr kuni ochilgan “Katta yigirmatalik”ning navbatdagi sammitida jahon rahbarlari Ukraina inqirozi munosabati bilan Rossiyaga qo’llanilishi mumkin bo’lgan yangi jazo choralarini muhokama qiladilar.

“Men munozalarda iqtisodiy islohotlarga asosiy e’tiborni qaratishini xohlardim, lekin bu sizning uchrashuvingiz va har biringiz istagan mavzungizni ko’tarishingiz mumkin”, – dedi Avstraliya Bosh vaziri Toni Abbot ikki kunlik sammit ochilishida.

“Katta yigirmatalik” sammiti ochilishidan bir kun avval so’zlagan nutqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin G’arb davlatlari Rossiyaga qarshi kiritgan sanktsiyalar nafaqat “Katta yigirmatalik” faoliyati, balki xalqaro qonunlar va Jahon Savdo Tashkiloti tamoyillariga zid ekanini aytib o’tgan edi. Biroq, ko’plab g’arblik rahbarlarning bayonotlariga ko’ra, Brisbanda Moskvaga qarshi yangi sanktsiyalar kiritilishi haqida kelishuvlarga erishilishi mumkin.

Sammit boshlanishidan avval Barak Obama AQSh jahondagi eng qudratli davlat sifatida Ukrainadagi Rossiya tajovuziga qarshi chiqishda asosiy rolni o’ynashini aytgan.

“Biz G’arbiy Afrikadagi Ebolaga qarshi kurashda va Rossiyaning Ukrainadagi tajovuziga qarshi chiqishda etakchi rolni o’ynayapmiz. Bu tajovuz butun jahonga tahdid soladi va buni MN17 reysining dahshatli fojiasi misolida ko’rdik”, – dedi Obama.

Sammit ishida Malayziya havo yo’llariga qarashli “Boeing 777” yo’lovchi samolyoti Ukraina sharqida urib tushirilishi masalasi ham ko’tarilishini aniq bo’lganligi sababli ham 14 noyabr kuni Rossiyaning “Birinchi kanali” orqali efirga uzatilgan “Odnoko” dasturida “Boeing 777” samolyotini ukraina qiruvchi samolyoti qanday “urib tushirganli” to’g’risida surat namoyish etildi. Shu yo’l bilan Rossiya hukumati sammitda ishtirok etadigan prezident Putin uchun “o’zini oqlashga” baxona topib berishmoqchi edi. Biroq, ko’plab taniqli sharhlovchilar bu suratni “fotoshopda qo’pol qilingan soxta surat” ekenligini isbotlab berishdi.

Ikki kun davom etadigan sammit doriasida Putin Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemiron bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda Kemiron yana bir bor Rossiyaga nisbatan yangi jazo choralari qo’llanishi mumkinligi bilan tahdid qildi. Germaniya kantsleri Angela Merkel, Yevropa ittifoqi Rossiya fuqarolariga nisbatan moliyaviy cheklov kiritishni ko’rib chiqayotgani to’g’risida ma’lum qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.