Afg’onistonda yo’qotishlar

678
0

Afg’onistonda Amerika armiyasi katta miqdordagi texnik uskunalaridan mahrum bo’ldi.

“The Telegraph” gazetasi tarqatgan xabarga ko’ra, Pentagon bosh mufattishi 2013 yilning moliyaviy hisobotiga tayanib bildirishicha, AQSh qurolli kuchlari Afg’onistonda 420 million dollar miqdoridagi harbiy jihozlar va texnik uskunalarini yo’qotgan.

Pentagon so’zchisi Jon Kirbi bu ishda Amerikalik harbiy mas’ullarni ayblab, ularni qattiq tanqid ostiga oldi. Kibriga ko’ra, ular Bagram va Qandahordagi AQSh harbiy bazasida yuz bergan yo’qotishlarga aloqador ma’lumotlarni yashirib kelgan.

Harbiy uskunalar yo’q qilinganmi yoki dushmanning qo’liga tushib qolganmi, bunisi noaniqligicha qolmoqda. Ayni masalaga e’tibor qaratgan bosh mufattish bu turdagi sarf xarajatlar 13 yildan buyon Afg’onistonda harbiy amaliyotlar uyushtirib kelgan Amerika harbiylari uchun salbiy ta’sir ko’rsatishini urg’uladi. Bundan tashqari yarim milliard dollarga yaqin yo’qotishlar sababli biror kimsa javobgarlikka tortilgan emas.

Bu yo’qotishlar orasida qurol-yaroq sistemalari, transport vositalari, aloqa vositalari va jang uskunalari ham bor.

Bundan avval Afg’onistondagi loyihalar uchun Qo’shma Shtatlar ajratgan pul qanday sarflangani ustida tekshiruv o’tkazgan maxsus inspektor ayanchli xulosaga duch kelgan edi. Maxsus inspektorning ma’lum qilishicha, milliardlab dollarlar ijro nazoratining etishmasligi va mas’uliyatcizlik sababli ko’kka sovurilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.