Koalitsiya kuchlari “Jabhatun Nusra”ni nishonga oldi

457
0

IShIDga qarshi kurash uchun AQSh boshchiligida tuzilgan koalitsiya kuchlariga qarashli harbiy samalyotlar Suriyaning Idlib mintaqasida joylashgan Jabhatun Nusra mujohidlarining qarorgohlarini nishonga oldi. Hujumda juda ko’p insonlar halok bo’lganligi aytilmoqda.

Suriyadagi mahalliy koordinatorlik qo’mitasi tarafidan berilgan bayonotda bildirilishicha, koalitsiya kuchlariga oid harbiy samalyotlar Jabhatun Nusra mujohidlariga qarashli qurol yaroq omborlarini ham hujumga tutgan. Shuningdek koalitsiya kuchlari Turkiya va Suriya o’rtasidagi o’tish nuqtasi bo’lgan “Bab Hava” chegara punkti ham bombalaganligi aytiladi bayonotda.

Mintaqadagi faollardan biri Mustafo Abu Latifning axborot agentliklariga ochiqlashicha, Harm shahrida Jabhatun Nusra mujohidlariga qarashli ikkita qurol yaroq ombori hujumga tutilgan. Hujum oqibatida atrofdagi tinch fuqarolar, jumladan bir nechta yosh bolalar ham hayotdan ko’z yumgan.

“AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlarining hujumlari oqibatida er bilan yakson qilingan uylar vayronalari ostidan ba’zi texnik vositalar orqali o’liklar va yaradorlar chiqarib olinyapti”, dedi Mustafo Abu Latif.

Abu Latif Jabhatun Nusra qarorgohlarining hujumga tutilganligini tasdiqlar ekan, Idlibning Buskaya qishlog’i yaqinida joylashgan Ahrorush Shom jihodiy guruhiga oid joylar ham bombalanganligini qayd etdi. Biroq u o’lganlar va jarohat olganlar haqida gapirmadi.

Bundan bir necha kun avval AQShdan muntazam qurol olib turgan mo”tadil (demokratiyani yoqlovchi) muxolifat Jabhatun nusra jihodiy guruhiga taslim bo’lib, o’zlariga tegishli qurol yaroqlarni ularga topshirgan edi. Shundan so’ng Amerikada chiqadigan Voshington post gazetasi AQSh hukumati Jabhatun nusraga hujum qilishni rejalashtirayotgani haqida yozib chiqdi.

AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlarining Suriyadagi mujohidlarni nishonga olishi Bashar Asadga hayot bag’ishlayotgani aytilmoqda. Ayni paytda Asadga tobe kuchlar Halab markazidagi nazorat nuqtasiga bog’liq Handarat mintaqasiga hujum uyushtirishi bu gapni tasdiqlaydi. Hozirda Halabdagi muxolif kuchlar qamal ostida qolish xavfi tug’ilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.