Suriyadagi ummat qo’zg’olonining asoslari

432
0

er Hizbut Tahrir Suriya viloyati Halab shahrining shimolida joylashgan mintaqalarda “Suriyadagi ummat qo’zg’olonining asoslari”, deya nomlangan kompaniya boshladi. Butun shahar va qishloqlar bo’ylab quyidagi uch asos yozilgan plakatlar osib chiqildi:

 1 Rejimni barcha ustunlari va ramzlari bilan qo’shib qulatish.

2 Kufr davlatlaridan ozod bo’lish va ularning nufuzlarini yo’qqa chiqarish.

3 Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo qilish.

 Hizbut Tahrir tarafidan chiqarilgan bayonotda jumladan shunday deyiladi:

 Suriyadagi ummat qo’zg’olonining asoslari bizlarni bir fikrga jamlaydi. Suriyada yuzaga kelgan muborak inqilobning boshlanganiga uch yil o’tgan bo’lsa ham bu inqilob dushmanlar va xoinlar tarafidan o’z oqimidan burib yuborish maqsadida qilingan barcha tilbiriktiruvlar qarshisida mustahkam qoyalardek saqlanib qolmoqda. Bu inqilobni adashtirish, chalg’itish va buzib yuborishdan himoya qilish uchun hamma ittifoq qilgan holda uning asoslarini belgilab olmog’imiz lozim. Bu asoslarning eng muhimlaridan birinchisi rejimni barcha ustunlari va ramzlari bilan birgalikda qulatish. Ikkinchisi kufr davlatlaridan ozod bo’lish va ularning nufuzlarini yo’qqa chiqarish. Uchinchi Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo qilishdir. Biz Suriyadagi Hizbut Tahrir a’zolari barcha Islom ummatini, xususan Shom ahlini ushbu asoslarni qabul qilishga, ularga amal qilib, boshqalarni ham shunga da’vat qilishga chaqiramiz.

 Bu uch asosni ro’yobga chiqarish uchun quyidagilarga amal qilish lozimdir.

 Birinchi: O’zaro jangni to’xtatib, birlashish. Jihodiy guruhlar zayiflikka sabab bo’ladigan bir birlariga qarshi jang qilishni darhol to’xtatib, bor kuch qudratlarini Asad rejimini qulatishga qaratishlari lozim.

 Ikkinchi: Dinni xayotdan ajratadigan demokratik fuqarolik davlat loyihasini rad qilish. Chunki u Allohning shariatiga ziddir. U insoniyat uchun baxtsizlik va tang hayotdan boshqa narsani olib kelmadi.

 Uchinchi: Mustaqil ravishda siyosiy va harbiy qarorlarni qabul qilish. Bu esa bizdan siyosiy maqsadlarda berilayotgan mablag’larni rad qilishni talab qiladi. Chunki bu mujohidlarning orasini bo’lib yuboradi va ularni dastak beruvchilarning qo’llaridagi qurolga aylantirib qo’yadi.

 To’rtinchi: Siyosiy, harbiy va xavfsizlik kabi xorijiy aralashuvlarning barcha turlarini rad qilish.

 Beshinchi: G’arb davlatlarining barchasi bilan har turli aloqalarni uzish.

 Oltinchi: Islomiy olam davlatlarining barchasi bilan ham har turli aloqalarni uzish. Chunki ularning hokimlari G’arbning malaylaridir. G’arbning manfaatini ro’yobga chiqarish va himoya qilish uchun, xususan Xalifalikning yangidan hayotga qaytishiga to’sqinlik qilish va demokratik tuzumni saqlab qolish uchun elib yugurishadi.

 Yettinchi: har qanday davlat bilan aloqa o’rnatayotgan kishini inqilob dushmani deb bilish. Unday kishilar inqilobni izdan chiqaruvchi va Allohning yo’lida shahid bo’lganlarning qonlarini barbod qiluvchi kimsalar deya e’tibor qilinishi lozim.

 Sakkizinchi: Rosululloh s.a.v.ning tariqatlarini mahkam ushlash va roshid Xalifalik davlatini tiklashda U zot s.a.v.ga ergashish.

 To’qqizinchi: Allohning kitobi va Rosululloh s.a.v.ning sunnatidan istinbot qilingan (ishlab chiqilgan) mufassal, ochiq-ravshan siyosiy loyihani tabanniy qilish. Toki bu loyiha biz tiklash uchun harakat qilayotgan Xalifalik davlatining shakli va nizomlari uchun asos vazifasini o’tasin.

 Alloh Taolodan Islom diniga va roshid Xalifalik davlatini tiklashda nusrat berishini so’rab qolamiz”

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.