Turkiyada namoyish bahonasida musulmonlar qatl etildi

453
0

2 “Islomiy Davlat” tashkilotining jangchilari Turkiya chegarasiga yaqin joylashgan Suriyaning Kobani shahriga hujum qilib shaharni o’z nazoratiga olishga intilayotgani haqida xabarlar yashin tezligida tarqalmoqda. Kecha tunda “Islomiy Davlat” tashkiloti shaharning yana ikki tumanini qo’lga kiritganlar.

Asosan kurdlardan iborat Kobani shahrining aholisi Turkiyaga oqib kelar ekan, Kurd ishchilar partiyasi va demokratik xalq partiyasining vakillari Turkiya hukumatidan Kobani shahrini “Islomiy Davlat” tashkilotining jangchilaridan himoya qilishni talab qilib tartibsiz namoyishlar o’tkazmoqda.

Kurd ishchilar partiyasi va demokratik xalq partiyasining vakillari namoyish bahonasida musulmonlarga nisbatan vahshiy jinoyatlarni amalga oshirib, bir qancha xolis musulmonlarini qasddan qatl qilishdi. O’ldirilgan musulmonlarning ayblari xalqlarni Islomga amal qilib yashashga chaqirish va o’zlari soqol qo’yib, ayollari hijob bilan yurish edi xolos.

Qotilliklar ommaviy axborot vositalari xabar qilganidek, namoyishchilar bilan politsiya o’rtasida chiqqan hodisada yuz bergan emas, balki Kurd ishchilar partiyasi va demokratik xalq partiyasining buzg’inchi vakillari avvaldan nomlari ro’yxatga olib qo’yilgan musulmonlarning uylariga bostirib kirib, vahshiy suratda qatl qilishgan. Musulmon bo’lganliklari sababli qatl etilgan bu birodarlarimiz uchun Allohdan rahmat va mag’firat tilaymiz.

Tartibsiz namoyish uyushtirgan Kurd ishchilar partiyasi va demokratik xalq partiyasining maqsadi Kobani shahridagi kurdlarni himoya qilish emasligi ularning harakatlaridan ko’rinib turipti. Ularning maqsadi AQShning talabiga ko’ra Turkiyani urushga kirgizish va xalqlarga haqni etkazadigan xolis musulmonlarni oradan yo’q qilishdir.Chunki ular Kobani shahridan boshpana izlab kelgan kurd millatiga mansub qochqinlarni uy-joy va oziq ovqat bilan ta’minlab ularga nisbatan yaxshi muomilada bo’lgan musulmonlarga hujum uyushtirib ularni vahshiylarcha qatl etdi. Shu vaqtgacha o’ldirilgan musulmonlarning soni 39 kishiga etgan.

Bugun juma namozidan so’ng Turkiyaning Anqara, Istanbul va Diyorbakir kabi bir qancha shaharlarida nohaq qatl etilgan musulmonlar uchun g’oibona janoza namozi o’qildi.

Istanbul shahrida joylashgan Fotih masjidida yig’ilgan musulmonlar g’oibona janoza namozidan so’ng qotillikka sababchi bo’lgan Kurd ishchilar partiyasi va demokratik xalq partiyasiga la’natlar aytishdi. Ular amalga oshirilgan qotillikni butparast guruhlar Arakandagi musulmonlarga nisbatan amalga oshirgan qotilliklarga qiyoslashdi va Turkiya hukumatidan qotillarni tutib jazoga tortishini talab qilishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.