NATO ittifoqining yangi bosh kotibi Yens Stoltenberg NATO ittifoqi o’z quchlarini istagan erigacha kengaytirishga qodir ekanligini e’lon qildi.
Stoltenbergning ma’lum qilishicha, NATO ittifoqi kelgusi yilda “tez javob qaytarish”ga qodir kuchlarini tashkil qilish borasida bir qancha qarorlar qabul qiladi. Uning so’zlariga ko’ra, NATO bu kuchlarni har qanday erga joylashtirish mumkin.
Yangi bosh kotibi Yens Stoltenberg NATO tarafidan bo’ladigan harbiy himoyani to’liqlash maqsadida Polshaga safar uyushtirdi. Stoltenbergning bu bayonoti aynan Polshaga qilgan safari chog’ida yangradi.
Stoltenbergning bu so’zlari sovuq urush nihoyasiga etganidan so’ng NATO ittifoqi va Rossiya o’rtasida tuzilgan bitimlar borasida shubha uyg’otgani haqida aytilmoqda. Bitimga ko’ra, NATO o’zining jangovor kuchlarini doimiy shaklda Sharqiy Yevropaga joylashtirmaslik majburiyatini olgan. Biroq Stoltenber NATO ittifoqi Rossiya bilan aloqalarini mustahkamlash niyatida ekanini bildirdi.
“Rossiya bilan aloqalarni yaxshilash bilan NATOni kuchaytirish o’rtasida ziddiyat yo’q”, deya ta’kidladi NATOning yangi rahbari.
Norvegiyaning sobiq bosh vaziri Yens Stoltenberg NATO ittifoqi Afg’onistondan chekinish va Suriya va Iroqdagi mujohidlarga qarshi jang qilish kabi og’ir holatni boshdan kechirayotgan bir paytda o’tgan chorshanba kuni bosh kotiblik mansabini egalladi.
Turkiston:
NATO bu xarbiy blog. U SSSR kabi mabdaiy xavf oldini olish uchun Kapitalistik olam tomonidan, Varshava shartnomasi asosida birlashgan bir necha sotsialistik davlatlarning uyushmasiga qarshi tuzilgan edi. SSSRning qulashi bilan Varshava shartnomasi ham bekor bo’ldi. Lekin NATO AQShning quroli bo’lgani uchun haligacha mavjud bo’lib turibdi. AQSh undan o’z armiyasini dunyo bo’ylab joylashtirishda keng foydalanib keladi. Lekin NATOning asosiy maqsadi, Yevropa davlatlarini AQSh himoyasi ostida ushlab turishdan iborat. Buning uchun AQSh, unga munosib vahimali holatlar paydo qilib berishi lozim. Bunga Ukrainadagi holatdan foydalanib Rossiyani agressiv holatga olib kelayotgani, Eronni sun’iy terrorchi qilib ko’rsatib, butun Yevropani axmoq qilib kelayotgani misol bo’la oladi.
Endi esa, Islom Mabda sifatida qad ko’tara boshladi. AQSh Islomni terrorist qilib ko’rsatish uchun faqat islomiy jangarilarni reklama qilishda davom etayapti. Maqsadi NATOni yuqorida aytilayotgandek faqat Yevropaga cheklanmasdan, butun dunyoga kengaytirish. Shu maqsadi sari xarakatlanar ekan u Islomni faqat jangarilik tomonlarini reklama qilib, Islom va musulmonlarni dunyoga terroristlar qilib ko’rsatishdan manfaatdor.
Aslida esa Islom bilan musulmonlar uyg’ona boshlashdi. Ular hatto jangari bo’lgan hollarida ham shar’y echimlarga itoat qilib, jihod va mujohidlik shartlarini shar’iy yo’lga sola boshladilar. Bu musulmonlarning deyarli barcha sohalarga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’lib bormoqda. Kufr yashirishga urunayotgan tomon ham shu. Islomiy Mabdadan kelib chiqqan Islom mafkurasi, musulmonlarning hayotlariga kirib kela boshladi. Kufr, o’zining o’ta kuchli deb bilgan kapitalistik sistemasi bilan islomiylashish jarayonlarini boshqara olmasligidan qattiq xavotirga tushib bormoqda. Shuning uchun u harbiy quvvatini dunyo bo’ylab qattiq kuchaytirishga qaror qildi. Bu esa – siyosatchilar yaxshi bilishadi – so’nggi va o’ta zaif choradir.