Yangi salibchilar makru hiylalarini jamlab musulmonlar yurtlariga qarshi bosqin va qirg’inni davom ettirishmoqda, mintaqadagi hokimlar esa Alloh, Rosuli va mo’minlardan hayo qilmay ularning bayrog’i ostida jang qilishmoqda
Amerika musulmonlar yurtlariga qarshi bosqinchiligini samolyotlarda bombalar tashlab va kemalardan raketalarni yog’dirib davom ettirmoqda, Iroqqa qarshi bu bombardimonlarning oxirgi aylanasi 2014 yil 8 avgustda boshlangan edi. Ana shundan keyin bu bosqinchilik 2014 yil 23 sentyabrda Suriyaga qarshi hujumlar bilan yanada kuchaydi. Amerika o’zining bu bosqinchiligida mintaqadagi xoin hokimlarni ham safarbar qildi, ana shundan keyin koalitsiya tuzildi va Frantsiya 2014 yil 19 sentyabrda, Britaniya esa 2014 yil 26 sentyabrda o’z parlamentining rozilik berishi bilan Amerikaga ergashib bu bosqinchilikka qo’shildi, ularning tarafdorlari ham bu bosqinchilikka qo’shildi… Ular Islom va musulmonlarga qarshi kek-adovatda Amerikaga sherik bo’lishmoqda va o’zlariga ham «o’lja»dan biron narsa tegib qolishi uchun Amerika izidan ergashishmoqda…! Shunday qilib Frantsiya samolyotlari bu bosqinchilikka qo’shildi va Britaniya ham bu vahshiy to’da safiga qo’shildi. Bu mustamlakachilarning hammasi buncha to’dani to’plashdan maqsad «Davlat tashkiloti va terrorizm»ga qarshi urush qilish degan tuban hujjatni zo’r berib ro’kach qilishmoqda. Holbuki bu urushda Ummatning boyligi vayron qilinib, tinch fuqarolar o’ldirilmoqda, mustamlakachi kofirlarning mintaqa ustidan keng hukmronligi o’rnatilmoqda…!
O’tmishda ham salibchilar va ularga o’xshagan mo’g’ul-tatarlar musulmonlar yurtlariga bostirib kirishgan edi. Lekin Ummat ularga qarshi bor kuchi bilan qarshi turgan edi, Alloh yo’lida jihod qilgan edi, ularning tayanchlarini, madad kuchlarini yanchib majaqlab tashlagan edi, ularni supurib tashlagan edi, natijada yurtlarimiz yovuzlik va munofiqlik ahli iflosligidan tozalanib yana pokiza, yorug’ bo’lib qolgan, salibchilar va ularga qo’shib mo’g’ul-tatarlar ham yo’q qilingan edi. Mo’minlar Alloh nusrati sababli shodu xursand bo’lishgan edi.
«(Alloh) O’zi xohlagan kishini g’olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 5]
Bugun ham Obama va yangi salibchilar musulmonlar yurtlariga qarshi yana makru hiyla ishlatishmoqda, to’dalarini to’plashmoqda. Ularning bu qilmishidan hayron bo’lishga o’rin yo’q. Chunki ular
«Bas, ulardan ehtiyot bo’ling! Ularni Alloh la’natlagay! Qanday adashmoqdalar-a!» [Munofiqun 4]
Ammo musulmonlar yurtlaridagi hokimlarning bu to’da safiga qo’shilib yurtlar va bandalarni bombardimon qilish uchun o’z samolyotlarini yuborishayotgani haqiqatda eng katta jinoyat va gunohlardan biridir. Vaholanki bu hokimlarning ana shu samolyotlari yahudiylar kechagina G’azoga qarshi vahshiyona bosqinchilik qilib jinoyatlarni qilishgan paytda qimirlamay tek turavergan edi, yahudiylar muborak erda hamon quturib fasod tarqatishmoqda, lekin mustamlakachi kofirlar saflarida zo’r berib harakat qilayotgan bu samolyotlar yahudiylarga qarshi harakatga kelmay hamon tek turibdi. Bu haqiqatda eng katta jinoyatlardan biridir!
Ey musulmonlar: sizlar bir aziz Ummatsiz, yaxshilikka buyurib, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz. Shunday bo’la turib nega Islom va musulmonlarning dushmanlari yurtlarimiz va bandalarga qarshi uyushtirayotgan bu jinoyatkorona bosqinchilikka indamay sukut qilib turibsiz?! Mustamlakachi kofirlarning malaylari bo’lgan bu hokimlarni o’zgartirish uchun qurolli kuchlardagi farzandlaringiz bilan birgalikda nega kuch sarflamayapsiz?! Shunga kuch sarflasangiz sizning nomingiz ham, farzandlaringizning nomlari ham dunyoyu oxiratda porloq sahifalarga sharif, ulug’ siyohlar bilan bitilib qolardi-ku?! Uchuvchi o’g’lonlaringiz o’z bombardimonchi samolyotlari zarbalarini Falastinni bosib olgan bosqinchi yahudiylarga qarshi yo’llashlari uchun nega ana shu o’g’lonlaringiz bilan birgalikda kuch sarflamayapsiz?! Nega uchuvchi o’g’lonlaringiz bilan birgalikda ular Ummat boyliklari, tog’lari va erlari ustiga bomba tashlashdan bosh tortishlari uchun kuch sarflamayapsiz?! Axir bu erlarni ajdodlaringiz Alloh yo’lida fath qilgan edilar-ku? Bu erlarning biron qarichi biron shahidning bir qatra qonidan yoki biron mujohid otining chang-g’uboridan xoli emas-ku? Nega farzandlaringizning o’z oxiratlarini Obama va uning ittifoqchilar va malaylardan iborat to’dasining dunyosi evaziga sotib yuborishlariga yo’l qo’ymaslik uchun kuch sarflamayapsiz?!
Ey uchuvchilar: sizlar samolyotlaringizni o’z birodarlaringizni o’ldirish uchun yo’llamoqdasiz, vaholanki bu samolyotlaringizni Isro va Me’roj erini, asirlikda aziyat chekayotgan Aqso erini, Aqsoda namoz o’qishdan man qilinayotgan ahror musulmonlar va muslimalar erini bosib olgan dushmaningizga qarshi jang qilish sari yo’llamagan edingiz-ku?! Nahotki orangizda o’z samolyoti rulini mustamlakachi kofirlar va yahudiylar ustiga olov yog’dirish uchun burib yuboradigan biron rashid haqiqiy er kishi bo’lmasa?! Suriya yoki Iroqdagi bironta musulmon birodaringizni o’ldirish Alloh nazdida ulkan gunoh bo’lib, bu jinoyatni qilgan kimsa oxiratda lovullab yonayotgan do’zax oloviga kiradi! Dunyoda rasvolik uning ajralmas hamrohi bo’ladi. Chunki dunyoning zavolga yuz tutishi Alloh nazdida bir musulmon kishini o’ldirishdan ko’ra engilroqdir. Termiziy Abdulloh ibn Umardan chiqarishicha Nabiy A bunday dedilar:
«لَزَوَالُ الدُّنْيَا أَهْوَنُ عَلَى اللَّهِ مِنْ قَتْلِ رَجُلٍ مُسْلِمٍ»
«Albatta dunyoning zavolga yuz tutishi Alloh nazdida bir musulmon kishining o’ldirilishidan ko’ra engilroqdir».
Ey Suriya va Iroqda jang qilayotgan harbiy otryadlar va bo’linmalar: davlat tashkilotining yo’ldan toyganini Amerika va uning ittifoqchilaridan yordam so’rash bilan muolaja qilib bo’lmaydi. Chunki bu mustamlakachilarni faqat o’zlarining manfaatlarigina va o’z nufuzlarini yoyib mintaqa ustidan o’z hukmronliklarini o’rnatishgina qiziqtiradi, xolos, bundan boshqasi ularni qiziqtirmaydi. Ular siz haqingizda zig’ircha ham qayg’urishmaydi, sizlarni faqat o’zlarining manfaatlari uchun xizmatga solishadi, xolos. Bu mustamlakachilar sizlardan xuddi mintaqadagi xoin hokimlar kabi o’zlariga qul bo’lishingizni istashadi, buni yashirib o’tirishmaydi, aksincha oshkora aytishadi, ular sizlarni Shom tog’utiga qarshi jang qilishingiz uchun emas, balki bir-biringiz bilan jang qilishingiz uchun mashqlardan o’tkazishni istashadi… Biz Davlat tashkiloti musulmonlar farzandlarini o’ldirayotganini, ularni, jumladan Hizb ut-Tahrir yigitlarini ham qamoqqa tashlayotganini yaxshi bilamiz. Lekin biz Amerikaning o’z to’dasini to’playotganini ham yaxshi bilamiz. Amerika o’z to’dasini Davlat tashkilotini yo’q qilish uchun emas, balki o’zining nufuzini yoyish, mintaqa ustidan o’z hukmronligini o’rnatish uchun to’plamoqda. Bu qabih maqsadini Iroqdagi boshqaruv rejimiga va Suriyadagi boshqaruv rejimiga mustamlakachilik echimini tayyorlab berish bilan amalga oshirmoqchi. O’shanda bu ikki rejim bu yangi xatarli mustamlakachilikning butun mintaqaga cho’zilib kirib boradigan bir eshigi bo’ladi, agar mustamlakachilar o’zlarining yovuz harakatlarida muvaffaqiyatga erishishsa shunday bo’ladi. Shuning uchun bu mustamlakachilar hozir sizlarni bir-biringizga qarshi jang qilish bilan mashg’ul qilib qo’yishmoqchi, to Amerika hozirgi malayi o’rniga yangi malayni tayyorlab olguniga qadar sizlarni o’zaro jang bilan mashg’ul qilib qo’yishmoqchi. Amerika yana bir yangi malayini tayyorlab olganidan keyin sizlarni yo’lning bir chetiga uloqtiradi, agar unga xizmatkor bo’lmasangiz va uning barmog’i bilan ishora qilib beradigan buyrug’iga itoat qilmasangiz sizlarni yo’lning bir chetiga uloqtiradi. Amerika xoin hokimlarga nisbatan xuddi shunday qilgan va hozir ham shunday qilmoqda. Bu xoin hokimlar Amerikaga uzoq yillar xizmat qilib unga xizmat qilishdagi o’z rollarini tugatishganidan keyin ularni baxtsiz taqdir va chuqur jarlik sari uloqtirib tashlab ketgan… Sizlar agar Obamaning strategiyasini chuqur o’rganib chiqsangiz uning to Amerika sobiq malay o’rniga keyingi malayni topguniga qadar uzoq yillar davomida tayyorgarlik, mashqlardan o’tkazish, to’dalarini to’plash mo’ljallangan strategiya ekanini ko’rasiz… Obama strategiyasida va uning ittifoqchilarida Suriya va Iroq uchun, Suriya va Iroq ahli uchun hech qanday yaxshilik yo’q. Bunday bo’lishi tabiiy, chunki ular
«Ular biron mo’min xususida na ahdga va na burchga boqadilar. Ular tajovuzkor kimsalardir» [Tavba 10]
Aksincha u mintaqani va uning atrofidagi mintaqalarni Amerika istaydigan tarzda changalda ushlab turish, uni bu changaldan chiqarmaslik strategiyasidir. Bu strategiya mustamlakachiga go’yo: «xohlaganingni bemalol qilaver» demoqda.
Ey musulmonlar, ey uchuvchilar, ey qo’zg’olonchilar, otryadlar va bo’linmalar: Davlat tashkilotining yo’ldan toyishi mustamlakachi kofirlardan yordam so’rash va bir-biringiz bilan o’zaro jang qilishingiz bilan emas, faqat sizlarning qo’lingiz va aqllaringiz bilan muolaja qilinadi. Davlat tashkilotining yomonligi Amerika va uning ittifoqchilari – agar bu mustamlakachilar yurtlar va bandalarni qulga aylantirishga muvaffaq bo’lishsa – yovuzligidan ming marta engilroqdir… Bu yomonlik yanada ulkanroq yovuzlik bilan muolaja qilinmaydi, balki yomonlik yaxshilik bilan muolaja qilinadi, toyilish to’g’ri yo’lga solish bilan muolaja qilinadi, tolih-yomon solih bilan muolaja qilinadi… Bularning barchasining bayoni buyuk diningiz hukmlarida bor. Demak Alloh va’dasi sizlarning qo’lingizda ro’yobga chiqadi:
«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek, ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]
Alloh Subhanahu O’z Rosuli Aning:
«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»
«So’ngra payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo’ladi» degan bashoratini ro’yobga chiqarish bilan sizlarni ikrom aylaydi. Ana shundan keyin butun er yuzi Xalifalik sababli yana nurga to’ladi va yangi salibchilar hech qanday yaxshilikka erisholmay, balki mag’lub bo’lib va yanchib tashlanib o’tmishdagi eski salibchilar qatoriga qo’shiladi.
«Alloh O’z ishida g’olibdir, lekin odamlarning ko’plari (buni) bilmaydilar» [Yusuf 21]
Ey musulmonlar, ey uchuvchilar, ey qo’zg’olonchilar, otryadlar va bo’linmalar:
Hizb ut-Tahrir sizlarga da’vat yo’llamoqda, uni qabul qiluvchi bormi? Hizb ut-Tahrir sizlarga eslatmoqda, eslatma oluvchi bormi? Hizb ut-Tahrir sizlarni tarixingizga nazar tashlashga chaqirmoqda, nazar tashlab ibrat oluvchi bormi? Hizb ut-Tahrir aqlingizga murojaat qilmoqda, ibrat olinglar ey aql egalari…
«Albatta mana shunda ibodat qilguvchi qavm uchun etarli narsa bordir» [Anbiyo 106]
Hizb ut-Tahrir
4 zul-hijja 1435h
28 sentyabr 2014m