“Islomiy Davlat”ga qarshi tuzilgan ittifoqqa kim va nima uchun kirmadi?

510
0

763d391584fb31888fd315884db2fa6dSo’ngi vaqtlarda “Iroq va Shom islomiy davlati” (IShID) guruhiga qarshi kurashish uchun AQSh boshchiligida arab va g’arb davlatlaridan xalqaro ittifoqni tashkil etilishi musulmon olamida keng muxokama qilinmoqda.

Ko’plab islomiy olimlar bu loyihani “yangi salbchilik urushi”, deya baholab keskin tanqid ostiga oldilar.

G’oya, uslub va hatto Iroq va Shomda barpo etilgan “xalifalik”ni inkor qilayotgan mustaqil islomiy olim va siyosatchilar ular bilan bog’liq muammolarni Islom Ummatining ichki ishi bo’lib, asosiy maqsadlari oxir oqibat Ummatiga va xossatan Islomga qarshi kurashga qaratilgan G’arbni bu ishlarga aralashishiga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi, deb hisoblashmoqda.

Birinchilardan bo’lib Xalqaro islomiy ulamolar kengashining raisi shayx Yusuf al-Qarzoviy o’z noroziligini bildirdi. U bildirgan bayonotda, o’zi “IShID”ni tamoman qo’llab-quvvatlamasada, “IShID”ga qarshi Amerika tomonidan barpo etilgan ittifoqni rad etishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Arab (Fors) ko’rfazi davlatlari hamkorlik kengashining shar’iy olimlar ligasi raisi Ajil an-Nashmiy ham o’z noroziligini izhor qildi. Uning bayonotida, G’arb va arab davlatlari tomonidan terrorga qarshi tashkil etilgan ittifoq, Islomga qarshi bo’lgan eng xavfli ittifoq ekanligi, aytiladi. Bundan tashqari uning xabar qilishicha, bu loyiha xatarlarini birinchilardan bo’lib ochib bergan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’on bo’ladi. Tarixni o’qiganlarga ma’lumki, Usmoniy Xalifalikni qulashiga ham shunga o’xshagan ittifoq sababchi bo’lgan. Turk OAVlarining xabar qilishicha, Turkiya “Iroq va Shom islomiy davlati”ga qarshi tashkil etilgan xalqaro ittifoqda ishtirok etishni rad qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.