NATO Qo’mondoni: o’t ochishni to’xtatish bitimi faqat qog’ozda

492
0

nato-ne-veruva-vo-primirjeto-vo-istochna-ukraina-174836NATO harbiy qo’mondoni general Filip Bridlav Ukrainada hukumat va rossiyaparast isyonchilar o’rtasida imzolangan o’t ochishni to’xtatish bitimi faqat qog’ozdagina mavjudligini bildirdi. Bridlavga ko’ra, hozirgi holat o’t ochishni to’xtatish bitimi imzolanishidan avvalgi holatdan hecham farq qilmaydi. Biroq shunday bo’lsada, NATO qo’mondoni shanba kuni ertalab imzolangan sulh bitimidan umidvor ekanligini qayd etdi.

Ukraina sharqida davlat armiyasi bilan ayirmachi kuchlar orasida kechgan janglarda uch mingdan ortiq kishi halok bo’ldi. 5 sentyabrda e’lon qilingan o’t ochishni to’xtatish qarori tez-tez buzilayotgani kuzatilmoqda.

General Filip Bridlav Litvaning poytaxti Vilnyusda o’tgan NATO qo’mondonlarining yig’ilishidan so’ng bergan bayonotida zo’ravonliklar hali ham davom etayotganini ta’kidladi. Generalga ko’ra, Rossiya qo’shinlari Ukrainadan chiqib ketmas ekan, vaziyat tarangligicha qolaveradi.

“Shu onda Ukrainadagi holat yaxshi emas. Oxirgi bir necha kun ichida bo’lib o’tgan og’ir artilleriya hujumlari bitim imzolanishidan avvalgisidan farqi yo’q. O’t ochishni to’xtatish qarori nomigagina imzolangan, xolos”, dedi NATO qo’mondoni Bridlav.

General Bridlavning bildirishicha, o’tgan haftadan boshlab Ukraina tuproqlaridagi rus harbiylari mamlakatni tark eta boshlagan. Ammo ular Rossiga qaytgan emas, chegara atrofida turibdi. Har zamon Ukrainaga qaytishi mumkin.

Ayni paytda oxirgi olingan xabarlarga ko’ra, Rossiya dengiz flotiga oid ikki harbiy kema Marmara dengizi tarafdan kelib Chanaqqala bo’g’ozidan o’tgan. Egey dengizi taraf yo’l olgan “MB-31” va “Samum-616” rusumli jangavor kemalarga sohil xavfsizlik qo’mondonligi hamrohlik qilgani aytilmoqda. Kemalar qaysi portga borib to’xtashi haqida aniq ma’lumot yo’q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.