Ozodlik radiosi bergan xabarga ko’ra, 14 sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi Zangiota ayollar qamoqxonasidan muslima singlimiz Nilufar Rahimjonovaning o’ligi chiqdi. Marhumaning turmush o’rtog’i tojikistonlik taniqli jurnalist va muxolifat faoli Sayidyunus Istaravshaniy Ozodlik bilan suhbatda rafiqasining o’limida O’zbekiston rejimini aybladi.
Sayidyunus Istaravshaniyning aytishicha, rafiqasi Nilufar Rahimjonovaning jasadi O’zbekistondagi yaqinlariga shanba kuni berilgan va jasadni zudlik bilan ko’mish talab qilingan.
– Jasad olib kelinganidan so’ng olti soatning ichida Toshkentdagi qabristonga tuproqqa berilgan. Murdani olib kelganlar o’lim sababini aytishmagan, – deydi Sayidyunus Istaravshaniy.
Tojikistonga turmushga chiqqan Nilufar Rahimjonova 2012 yilda yaqinlarini ko’rgani O’zbekistonga borganida chegarani noqonuniy kesib o’tish va terrorizmda ayblanib 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
– Men o’shanda rafiqamga aytgan edim, borma, Karimov rejimi bizni yomon ko’radi deb. U quloq solmay O’zbekistonga ketdi. Keyin chegarani noqonuniy kesib o’tishda ayblab, qamoqqa olishdi. Televizorga chiqib O’zbekiston Islomiy harakatining a’zosimiz, erim shu harakatning a’zosi deb aytsang, qo’yvoramiz, deb va’da berishgan. Rafiqam bu gaplarga ishonib shunday degan. Eronda ta’lim olib, O’zbekistonga terrorchilik hujumlarini sodir etgani kelganman, deb aytgan. Keyin mana o’zing aytding, deb 10 yil bervorishgan, – deydi Sayidyunus Istaravshaniy.
37 yashar Nilufar Rahimjonovaning o’limi sabablari yaqinlariga ma’lum qilinmagan.
Hozir Tojikistonda yashayotgan Ma’rufjon Rahimjonovning qizi Nilufar 1992 yilda tojikistonlik jurnalist Sayidyunus Istaravshaniyga turmushga chiqqan.
Keyinchalik ular to’rt farzandi bilan Eronga ko’chib ketishgan.
– 1992 yildan 2011 yilgacha birga bo’lganmiz. Uch yil avval u Tojikistonga ketdi. U erdan O’zbekistonga boraman, deb menga qo’ng’iroq qildi. Yaqinlarining to’yi bor ekan. Men borma, dedim. U meni gapimga ko’nmay, O’zbekistonga borgan. Borganidan bir oy o’tib qamoqqa olishgan. Bizga qo’yilayotgan ayblovlar hammasi bo’xton, uydirma. Biz ilm bilan shug’ullanadigan odamlarmiz. O’zbekiston Islomiy harakatiga hech aloqamiz yo’q, – deydi Sayidyunus Istaravshaniy.
Turkiston:
Musulmonlarga e’tiqodiy dushman bo’lgan yahudiy Karimov Islom va musulmonlarga qarshi o’z jirkanch kurashini boshlagan vaqtda, “Biz bu yo’lda ayollar va yosh bolalarga qarshi kurashmaymiz”, deb lof urgan edi. Biroq, so’zi boshqa-yu, amali boshqa bo’lgan subutsiz Karimov o’z odatiga muvofiq bu so’zidan ham qaytdi va minglab muslima opa-singillarimizni asossiz tuhmat va bo’xtonlar orqali sud qilib, yuzlabini qamoqqa tashladi.
Qonxo’r hukumat faqat shu bilan kifoyalanib qolmay qamoqxonalarda ularga nisbatan g’ayriinsoniy munosabatda bo’lib, asossiz berilgan jazo muddatlari tugashiga qaramay, ozodlikka chiqarish o’rniga nomardlarcha yangi jazo muddatlari qo’shib berildi. Bugunga kelib esa, bu mazluma opa-singillarimiz safidan birinchi shahidalar chiqishni boshladi.
Ishni bu darajada rivojlanib ketishida, rasmiy hukumat va uning sodiq laychalari tomonidan nomusimiz hisoblangan opa-singillarimizni hech bir qiyinchiliksiz qo’lga olib, turli xil bo’xtonlar bilan qamoqqa tashlashida o’zbek xalqining beparvoligi, “och qornim, tinch qulog’im”, deb o’zini hech narsani bilmaslikka, hech narsani ko’rmaslikka solib olishi sabab bo’ldi. Ammo ularning bunday beparvoligi nafaqat dinlariga, balki dunyolariga ham ziyon bo’ldi.
Har qanday ish qilsam ham xalq sabr qilaveradi, bosh ko’tarishga jur’at qilmaydi degan qarorga kelib olgan Karimov hukumati bugungi kunga kelib butun o’zbek xalqini tekin ishchi kuchiga,” paxta quli”ga aylantirib oldi.
Agar O’zbekiston xalqi o’z hayot tarzini o’zgartirishga bel bog’lamas ekanlar, axvollari bundan ham og’ir kechishi muqarrar. Hayotlari kundan-kunga yanada abgor bo’lib , bu dunyoda xoru-zor yashaganlari etmagandek, Ohiratda o’z e’tiborsizliklar tufayli Allohning rahmatidan bebaxra qolishlari ham mumkin.
O’z navbatida O’zbekiston muslima ayollari ichida birinchilardan bo’lib – Allohning izni bilan – shahidlik martabasiga etishgan muslima singlimiz Nilufar Rahimjonovani qilgan solih amallarini o’ziga yo’ldosh qilishini so’rab, oila-a’zolariga o’z hamdardligimizni izxor qilib qolamiz.