Rossiya parlamenti raisi AQSh va G’arb davlatlari tomonidan yurgizilayotgan siyosat, jahonni yangi sovuq urushining boshlanishi xatariga yaqinlashtirgan bir amal deb atadi.
Sergey Narishkin chorshanba kuni AQSh boshchiligidagi G’arb davlatlarining jahonning boshqa o’lkalari, jumladan Ukraina ishlariga ochiqdan-ochiq aralishishiga ishora qilib, Shimoliy Atlantika harbiy blokining Ukraina davlatiga qurol-yaroq etkazib berish to’g’risidagi qarorini urish jinoyati ekanligini aytdi.
Sergey Narishkin AQSh va uning NATOdagi ittifoqchilari Ukrainada olti oy oldin boshlangan tartibsizliklar uchun javobgar ekanligini ma’lum qildi.
Parlamenti raisi NATOning va’dalari Ukraina ichki ishlariga oshkora aralashish va amalga oshirilgan jinoyatlarga sherik bo’lish hisoblanishini qo’shimcha qildi.
Sergey Narishkin Yevropa xalqi o’z hukumatlari AQSh ko’rsatmalarini ko’rko’rona amalga oshirayotganligi borasida kun sayin ko’proq ogoh bo’layotganligini aytib o’tdi.
Turkiston:
Obama oxirgi vaqtlarda, AQShni xozirda dunyodagi yagona etakchi davlat va u dunyoni saqlab qolish masuliyatini xis qilishi lozim, degan ma’nodagi bayonotlar tarqata boshlandi. Demak Narishkinning xavotirlariga o’rin yo’q. AQSh Rossiyani o’ziga sovuq urush qila oladigan raqib deb xis qilayotgani yo’q. Sovuq urush ikki mabda’iy tuzumlar asosida birlashgan bloglar, davlatlar yoki sistemalar o’rtasida bo’ladi. Masalan SSSR bilan Kapitalistik sistema o’rtalarida borganidek.
Demak Rossiya G’arb tomonidan ta’qiblana boshlandi. U o’ziga tobe’ davlatlardagi manfaatlarini birin ketin yo’qota boshladi. Navbat Rossiyani tashkil etib turgan federatsiyaning tarqatib yuborish operatsiyasiga etib keldi. Bu loixa AQSh tomonidan chizilgan bo’lib, uzoq yillar mobaynida Rossiyani SSSRdan me’ros sifatida olib qolgan yurtlardan birin ketin quvib chiqardi. Bu ishni amalga oshirishda AQSh, iqtisodiy, siyosiy, saqofiy va xarbiy quvvatlarini ishga soldi. Shu kunga kelib Rossiya, qudratli rus davlatiga aylandi. Ukraina masalasida xam, Rossiya faqat ichki milliy qadriyatlaridan kelib chiqqan tuyg’ularga tayanmoqda. Xalqaro siyosatda u deyarli qo’llovga ega emas. Shuning uchun Narishkinning xavotirlari quruq safsata va vaziyatlarni soxta gupurtirishdan o’zga narsa emas.
Rossiyaning parchalanish jarligi yoqqasida turganiga yana bir shart shuki, u AQShning loixasi asosida musulmonlar olami bilan aloqalarini keskinlashtirish siyosatini qabul qildi. AQSh Rossiyadan xuddi shu ayiqlarcha siyosiy xato qilishini kutgan edi. Rossiya tashqi siyosatida Siriyadan boshlab, o’ziga tobe’ Markaziy Osiyo davlatlarida va ichki siyosatida xam bir xil musulmonlarga qarshi pozitsiyani egalladi. Natijada Rossiya xam toboro O’zbekiston singari, islomiy portlash xavfi o’ta kuchaygan davlatga aylandi. Bunday vaziyatlardan esa, AQSh o’ta moxirona foydalana oladi.
Shuning uchun bu urushni, G’arb tomonidan Rossiyaga nisbatan bosqinchilik urushi boshlandi desa to’g’riroq bo’ladi. Rossiya dunyoni yoki biror bir mazlum davlatni zulmdan qutqarayotgani yo’q. U o’zini davlat sifatida saqlab qolish uchun kurash olib borayapti. Bunga o’ziga tobe’ bo’lgan davlatlarni tortib, go’yoki ikkinchi lager paydo bo’lishi lozim deb jar solayotgan bo’lsa xam. Bu AQShning ilgarigilarga nisbatan kattaroq, lekin xoldan toyib borayotgan navbatdagi o’ljasiga qilayotgan xamlasi deb qarash lozim. Bu urushga boshqa davlatlarning xech qanday aloqasi yo’q. Rossiya musulmonlarga nisbatan adolatliroq bo’lganida to’g’ri bo’lar edi. Islomiy yurtlarda yuz berishi kutilayotgan giopolitik o’zgarishlarda, AQShning iflos pozitsiyalariga qarshi to’g’ri pozitsiyada xaqparvarlik ko’rsatib uni obruysizlantirganida, AQShning maqsadlarini puchga chiqara olar edi. Shunda u yangi shakillanishi kutilayotgan dunyo giosiyosatida o’ziga xos o’rinni egallab olarmidi. Endi xam kech emas.