Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygel bilan Chankaya saroyida uchrashdi. Yopiq eshiklar ortida o’tgan va 1 soat 10 daqiqa davom etgan suhbat matbuotga ochiqlanmadi.
Milliy mudofaa vaziri Ismat Yilmaz va tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Feridin Sinirlio’g’li ham ishtirok etgan qabul marosimida Xeygelga AQShning Anqaradagi elchisining muvaqqat vakili Ross Vilson hamrohlik qildi.
AQSh mudofaa vaziri Turkiyaning yangi bosh vaziri Ahmad Dovuto’g’li bilan ham o’chrashuv o’tkazdi. Bosh vazirlik binosida o’tkazilgan uchrashuv 45 daqiqa davom etdi. Bu uchrashuv ham yopiq eshiklar ortida o’tganligi uchun matbuot vakillarining ishtirok etishlariga imkon bo’lmadi.
Bosh vazirlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Dovuto’g’li va Xeygel o’rtasida o’tgan uchrashuvda mintaqaviy masalalar va bunga qo’shimcha ravishda AQSh bilan yangicha sheriklik doirasida “Turk-Amerika mudofaasi bo’yicha hamkorlik qilish” ustida bahs yuritilgan. Uchrashuvda xususan Suriya, Liviya va Ukraina masalalari hamda Iroqda yangi hukumat tashkil qilish masalasi, shuningdek Uelsda o’tgan NATO yig’ilishi ustida so’hbat o’tkazilgani aytiladi manbadan olingan xabarda.
AQSh mudofaa vaziri Xeygel o’zining Turkiyaga qilgan rasmiy safarida Xalifalik davlatini qulatish uchun kofirlarga malaylik qilib bergan Mustafo Kamol Otaturkning qabri joylashgan mavzoleyni ziyorat qildi. U Otaturkning qabriga gul chambarak qo’yib, uning hurmati uchun bir oz sukut saqladi. Estalik uchun mavzaley zinapoyalarida suratga tushgan Xeygel Otaturk muzeyini ham ziyorat qildi.