Qoradengizda AQSh va Ukraina etakchiligida Turkiya, Ispaniya, Ruminiya, va Kanada davlatlari ishtirok etgan keng miqyosda harbiy mashg’ulot o’tkazilmoqda. Xabarlarga ko’ra, NATOga oid to’rtta jangavor kema o’tgan hafta Bolgariyaning Burgaz portiga etib kelgan.
Uch kun davom etishi rejalashtirilgan mashg’ulotda Turkiya, Ukraina va Amerika davlatlari 8-10 sentyabr kunlari dengiz mashg’ulotlarini o’tkazishadi. “Dengiz shamoli”, deya nomlangan mashg’ulot shu onda davom etmoqda.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh va Ukraina etakchiligidagi bu mashg’ulotni yomon tashviqot (provokatsiya) deya atadi.
NATO tarafidan chiqarilgan bayonotda bu xarbiy mashg’ulotning Ukraina sharqidagi janglarga aloqasi yo’qligi va bu avvaldan rejalashtirilgan mashg’ulot ekanligi bildirildi. Ammo mashg’ulot boshlanishidan avval Ukraina mudofaa vazirligi bir bayonot chiqarib, inqiroz davom etayotgan o’lkada dengiz xavfsizligi muhim ekanligiga ishora qilib o’tgan edi.