Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Rossiyaga safar qiladi

481
0

47716Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev 3-4 sentbr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo’ladi.

Tashrif doirasida Erlan Abdildaev rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Bundan tashqari, Erlan Abdildaev Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti talabalari, qirg’iz diasporasi vakillari bilan ham uchrashadi. Kremldagi Noma’lum askar yodgorligi poyiga gulchambar qo’yadi.

5 sentyabr kuni esa Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Yekaterinburg shahriga borib, Svedrlovsk viloyati gubernatori Ye.Kuyvashev bilan uchrashadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.