Putin: Agar xohlasam Kievni ikki haftada olaman

389
0

23-сентября-2011-Путин-на-съезде-партии-Единая-Россия-в-МосквеUkraina inqirozi davom etar ekan, bu borada Yevropa ittifoqi va Amerika Rossiyani buzg’inchilikda ayblab keladi. Ammo Rossiya o’ziga qo’yilgan barcha ayblarni keskin rad qilib kelmoqda.

Oxirgi marta Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina borasida hayron qoldiradigan da’vo bilan maydonga chiqdi. Yearopa kengashining raisi Jose Manuel Barosso bilan telefon orqali suhbatlashgan Putin “Agar xohlasam Kievni ikki haftada olaman”, deya bo’ynini cho’zdi.

Italiyada chiqadigan “La Repubblica” gazetasi tarqatgan xabarga ko’ra, Putinning bu da’volari Yevropa ittiffoqi va Amerika tarafidan Rossiyaga qarshi e’lon qilinayotgan sanktsiya tahdidlaridan keyin yangramoqda. Barasso hamkasblariga ma’lum qilgan Putin tahdidi tez orada katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Ammo bu borada Rossiyadan hanuz biror ochiqlama berilmadi.

Turkiston:

Putin Ukrainadagi fitnakashlik urushlarini uzoq maxfiy olib bora olmaydi. Chunki oxirgi kunlardan qurbonlar soni ortib bormoqda. Ularni Checheniston va Rossiyaning turli xududlaridan Ukrainaga o’tkazilinayotgan maxsus guruxlar ekani ochilib bormoqda. Shuning uchun Putin, avvaldan ochiq urush e’lon qilib yuborishi mumkinligini aytib o’tdi. Bu esa, G’arbga nisbatan ochiq taxdid bo’lib, AQSh uchun esa, xalqaro sistemaning qulab ketishi mumkunligidan xavotir paydo qiladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.