Angliyada rumol o’ragan muslimalar soni ortib bormoqda

983
0

saa Keyingi paytlarda Angliyada istiqomat qilayotgan xotin qizlar orasida rumol o’ragan muslimalar soni kundan kunga ortib borayotgani ko’zga tashlanmoqda. Shu vaqtgacha xotin qizlarning ko’chalarda rumol o’rab yurishlariga musulmon oilalarning qat’iy talablari yoki bosimlari sabab qilib ko’rsatilar edi. Ammo keyingi tadqiqotlardan aniq bo’lishicha, bu da’volarga zid ravishda musulmonlarga qilinayotgan hujumlar ularning uyg’onishiga sabab bo’layotgani aytilmoqda.

 “Reuters” axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, Angliyada musulmonlarga qarata qilinayotgan bosimlar va hujumlar mamlakatda istiqomat qilayotgan muslima ayollarning rumol o’rab yurishlariga jalb qilmoqda. Islomofobik hujumlarga duch kelayotgan muslimalar uchun bu holat ularning ko’zlari ochilishiga sabab bo’layotgani aytiladi xabarda.

 Agentlik tarqatgan xabarda Angliyaning poytaxti Londonda istiqomat qiladigan bir muslima qizning rumol o’rashni boshlash xikoyasi keltiriladi. Gzetaning yozishicha, Sumren Faruk ismli yosh qiz London ko’chalarida uchragan hujumlar tufayli rumol o’rab yurishga qaror qilgan. Axloqsiz hujumlarga javob sifatida va o’zining muslimaligini belgisi sifatida rumol o’rab yurishga qaror qilganligini aytadi Sumren gazeta bilan o’tkazgan suhbatda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.