ShHT Xitoyda yirik harbiy mashg’ulot o’tkazadi

380
0

001372a9a88e0f52e1ca1424-29 avgust kunlari Xitoyning Ichki Mo’g’uliston provintsiyasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning “Tinch missiya – 2014” qo’shma harbiy mashg’ulotlari bo’lib o’tadi. Unda 7 ming harbiy xizmatchi qatnashishi kutilmoqda.

“Sinxua” agentligi xabariga ko’ra, mashg’ulotlarda Xitoydan 5 ming, Rossiyadan 900 (shuningdek, 4 ta Su-24 qiruvchi samolyoti va 8 ta Mi-8MT vertolyoti), Qozog’istondan 300, Tojikistondan 200, Qirg’izistondan esa 500 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etadi.

Harbiy mashg’ulotdan ko’zda tutilgan maqsad ShHTga a’zo davlatlar o’rtasida xavfsizlik, jumladan, terrorchilik va mintaqaviy tahdidlarga qarshi kurash bo’yicha hamkorlikni mastahkamlashdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.