Karimov rasmiy safar bilan Xitoyga boradi

447
0

karimov-xitoyO’zbekiston prezidenti Islom Karimov shu yilning 19-20 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyda bo’ladi.

Xitoy rahbariyati bilan uchrashuvlar chog’ida o’zaro munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqboli muhokama etilib, O’zbekiston va XXR o’rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashning asosiy yo’nalishlari bo’yicha atroflicha fikr almashiladi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalarni ham ko’rib chiqadilar.

O’zbekiston TIV matbuot xizmatining bildirishicha, oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qo’shma deklaratsiya qabul qilish, O’zbekiston va Xitoyning turli sohalardagi hamkorligini izchil rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.