Bosh vazir aholini elektr energiyasini tejashga va ko’mir g’amlashga chaqirdi

432
0

1003591093Qirg’iziston Bosh vazir Jo’mart O’torboev respublika aholisini kelayotgan qish mavsumida elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishga va ko’mir g’amlashga chaqirdi.

Bosh vazirning xalqqa qilgan maxsus murojatida aytishicha, mamlakatda bugungi kunda elektr energiyasiga bo’lgan kamomad 1,6 milliar kVt/soatni tashkil etadi va elektr energiya iste’moli har yili 7-12 foizga oshib bormoqda. Elektr tarmog’ining hozirgi quvvati esa o’sib borayotgan talabni qondirishga qodir emas. To’qtag’ul suv saqlagichidagi suv miqdori esa o’tgan yilning shu vaqtiga solishtirganda 3,5 millard kub. metr kam.

“Bunday vaziyat bizlarni zudlik bilan Datka-Kemin elektr tarmog’ini barpo etish, Qambarota va Yuqori Norin GESlarini qurish hamda Bishkek IEM (issiqlik elektr markazi)ni rekonstruktsiya qilishga majbur qildi”, – deya tushintirish berib o’tdi O’tarboev.

Elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo’lmasligi uchun Qirg’iziston hukumati bir qator choralarni qo’llashga qaror qildi. Jumladan, aholi uchun xonadonlarni istishda uch fazalik elektr ta’minotini uzish, ko’ngilochar muassasalar, sauna va avtomobillarni yuvish shahobchalarini isitishda elektr energiyasidan foydalanishni taqiqlash va isitishni boshqa turiga o’tkazish, metall eritishda elektrdan foydalanadigan korxonalardagi uskunalarni o’chirish va istish mavsumida qurilish ob’ektlarida faqat yoritish uchun elektr energiyasidan foydalanish.

“Xurmatli vatandoshlar, yuzaga kelgan vaziyatda biz sizlarni ro’zg’orda va ishlab chiqarishda elektr quvvatidan tejamkorlik bilan foydalanishga chaqiramiz, chunki To’qtag’ul GEsida 1 kVt-soat elektr ishlab chiqarish uchun 3 kub.mertga yaqin suv sarflanmoqda. Boshqa GESlarda esa bu ko’rsatkich yanada yuqori. Elektr quvvatini talab qiluvchi barcha ikkinchi darajali vositalarini o’chirib qo’yishni va yoritish vositalarini sanitariya-gigiena me’yorlari chegarasida qisqartirishga chaqiramiz”, – deya da’vat qildi bosh vazir.

Shundan so’ng bosh vazir qish oylarida uylarni isitish va ovqat tayyorlash uchun zarur bo’ladigan ko’mir miqdorini kechiktirmay g’amlab qo’yishni so’radi. Bundan tashqari O’tarboev “mamlakatni barcha hududlarida ko’mir bilan ta’minlash shahobchalari ochilishini va ko’mir narhi monopoliyaga qarshi kurash idorasi tomonidan nazorat qilinishi” va’da qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.