Terrorizmga (Islomga) qarshi kurash uchun hamkorlik

456
0

AaA Rossiya prezidenti Vladimr Putin Sochi shahrida Misrlik hamkasbi Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashuvi ortidan Terrorizmga (Islomga) qarshi kurashda Misr hukumatiga yordam berishini e’lon qildi. Prezident Putinning bildirishicha, O’rta Sharqda toboro kuchayib borayotgan terrorga (Islomga) qarshi kurashish uchun Rossiya bilan Misr o’rtasida shartoma tuzilgan.

 Inson huquqlarini himoya qiluvchi “Human Rights Watch” tashkiloti tarafidan chiqarilgan hisobot as-Sisi hukumatining “terrorizm”ga qarshi qanday kurash olib borayotganini ochib tashladi. Hisobotga ko’ra, o’tgan yildan buyon davom etib kelayotgan namoyishlarda Misr xavfsizlik kuchlari tarafidan o’ldirilgan musulmonlarning soni 1150 nafarga etgan. Bu raqam yashirishning iloji bo’lmagan rasmiy raqamdir. Asl raqam esa faqat Allohga ayon, hatto o’ldirilganlarning haqiqiy sonini qotillarning o’zlari ham bilmaydi.

AS Markazi Nyu-Yorkda joylashgan “Human Rights Watch” tashkilotining yillik hisobotida qayd etilishicha, 817 kishining Rabia maydonida Misr xavfsizlik kuchlari tarafidan o’ldirilishi dunyo bo’yicha bir kunda o’ldirilgan eng ko’p tinch namoyishchilardir. Bularning orasida ko’plagan muslima ayollar va yosh bolalardan iborat “terroristlar” ham bor.

 Tashkilotga ko’ra, bu qotillik Misrning yuqori darajali mas’ullari tarafidan rejalashtirilgan va bu qotillikning javobgarlari hozir ham hokimiyatni qo’lda tutib turipti. Minglagan tinch namoyishchi o’lib ketganiga qaramay, bu qotilliklarda hukumat vakillaridan bir kishining ham jazoga tortilmasligi e’tiborga molikdir.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.