Hizb ut-Tahrir «G’azo… qolaversa butun Falastin musulmonlarning qo’shinlarini yordamga chaqirmoqda» nomi ostida olamiy matbuot konferentsiyasini uyushtirmoqda
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi idorasi G’azoni va bosib olingan butun Falastinni qutqarish uchun hamda yahud vujudi zulmidan uni qutqarish uchun bajarilishi vojib shar’iy yo’lni bayon qilish maqsadida olamiy matbuot konferentsiyasini o’tkazadi.
Konferentsiya «G’azo… qolaversa butun Falastin musulmonlarning qo’shinlarini yordamga chaqirmoqda» nomi ostida o’tadi.
Konferentsiya hijriy 1435 yil 19 shavvol, milodiy 2014 yil 15 avgust kuni juma namozidan keyin soat ikkidi Livan-Bayrutda bo’lib o’tadi.
Konferentsiyada markaziy matbuot bo’limi idorasidan Hizb ut-Tahrir matbuot bo’limi guruhi va qayg’uli halqa yurtlari, Misr, Iordaniya hamda Livandagi Hizbning matbuot bo’limi idorasi vakillari ishtirok etadi. Shuningdek Turkiyadagi Hizb ut-Tahrirning matbuot bo’limi idorasi vakili ham qatnashadi. Falastin va Suriyadagi Hizb ut-Tahrirning matbuot bo’limi vakillari xavfsizlik vaziyati oqibatida shaxsan ishtirok etishlari uzrli bo’lgani uchun ularning yozib olingan nutqlari eshittiriladi.
Konferentsiya G’azoda va butun Falastinda joriy bo’layotgan ishlarning haqiqatiga doir muhim masalalarga oydinlik kiritadi hamda Falastinning haqiqiy muammosini, bu muammoning sababini ko’rsatib o’tadi, muammoni hal qilish uchun muvaffaqiyatli echimni havola qiladi va buning qarshisida musulmonlarning vazifasini bayon qiladi. Shuningdek konferentsiyada Falastinga aloqador muzokaralar, shartnomalar kabi muhim ishlar, halqa yurtlaridagi qo’shinlarning noma’lum roli, qo’shinlar imkoniyati va ular qilishga qodir bo’lgan ishlarning haqiqati hamda bulardan boshqa bir qancha masalalar ko’rib chiqiladi. Va nihoyat, siyosat aldov, yolg’on va chalg’itishga aylangan bir davrda Hizb ut-Tahrirning Falastin masalasiga nisbatan o’z ahlini aldamaydigan etakchi sifatidagi pozitsiyasi o’z tasdig’ini topadi.
Bu konferentsiya markaziy matbuot bo’limi idorasi boshlagan olamiy kampaniya doirasida bo’lib o’tadi. Bu kampaniyani Hizb ut-Tahrir G’azoga qarshi so’nggi agressiya boshlangan paytda G’azoga yordam berish uchun «Ey musulmonlarning qo’shinlari Falastin ahliga yordam beringlar» nomi ostida boshlagan edi:
http://www.hizb-ut-tahrir.info/info/index.php/contents/entry_38124
Bu bayonotga mos ravishda tvitterda ushbu (#MuslimArmies4Gaza) panjara orqali olamiy kampaniya boshlanadi.
Konferentsiya jarayonini kuzatishlari uchun matbuot xodimlari konferentsiyaga ochiq taklif qilinadi. Ular konferentsiyani yoritish uchun bevosita ishtirok etishlari yoki Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi idorasi saytidan bevosita eshittirishni kuzatishlari mumkin.
Usmon Baxxosh
Hizbut Tahrirning
markaziy matbuot bo’limi raisi
Manzil: alMazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat
Pochta qutisi 145010
Telefon: 00961 1 30 75 94
Uyali telefon: 00961 71 72 40 43
Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info