Yamandagi davlat muborak ramazon hayitining uchinchi kunida o’ldiruvchi doza bilan o’z xalqi azob-uqubatlarini nihoyasiga etkazmoqda!!

515
0

Yamandagi davlat muborak ramazon hayitining uchinchi kunida o’ldiruvchi doza bilan o’z xalqi azob-uqubatlarini nihoyasiga etkazmoqda!!

 Yaman ahli kundalik hayotlarining barcha sohalarida tang hayot kechirishdan aziyat va alam chekib turgan bir paytda hamda o’zlarining G’azodagi musulmon birodarlari boshiga Alloh dushmanlari bo’lmish sionistlar G’arb qo’llab-quvvatlovi bilan va musulmonlarning xoin hokimlarining haybarakallasi bilan yog’dirayotgan qirg’in va vayron qilish musibatlaridan alam chekib turishgan bir paytda, Yaman ahli azob-uqubat chekayotgan mana shunday sharoitda rejim birdan muborak ramazon hayitining uchinchi kunida neft mahsulotlaridan davlat qo’llab-quvvatlovini olib tashlashga qaror qildi. Bu rasmiy qaror bo’yicha bir litr benzin narxi 200 Yaman riyoli miqdorida oshirilib 20 litrli kanistrdagi benzin narxi 4000 riyol bo’lib qoldi, oldin 20 litrli kanistrdagi benzin narxi 2500 riyol edi. Dizel yonilg’isining bir litri narxi ham 195 riyolga oshirilib 20 litrli kanistrdagi dizel yonilg’isi narxi 3900 riyol bo’lib qoldi. Oldingi narxi 2000 riyol edi. Bir litr kerosin narxi 200 riyol belgilanib 20 litrli kanistrdagi kerosin narxi 4000 riyol bo’lib qoldi. Bu narx oshirishlar uzoq vaqtdan buyon juda ko’p azob-uqubatlarni boshdan kechirib kelayotgan xalqga qo’shimcha alam va azob-uqubatlardir. Rejim bu qilmishini xalqning yaxshi hayotga intilib ko’targan qo’zg’oloniga parvo qilmay qildi. Chunki xalqning bu qo’zg’oloni Ko’rfaz tashabbusi degan narsa bo’yicha mustamlakachi G’arb tomonidan bo’g’ib tashlandi. Ana shu tashabbusdan mash’um dialog tug’ildi. Chunki G’arbdan echimlarni, G’arb saqofati va nizomlarini olib kelgan Yamandagi siyosiy kuchlar dialogga o’tirib xalqqa qarshi til biriktirdi. Bu kuchlar tilanchilik qilib G’arbdan o’zlariga grant va qarzlar berishini so’rashdi. Chunki bu kuchlar talon-taroj qilgan Yaman boyliklari ularni to’ydirmadi. Bu siyosiy kuchlarning hammasi Yaman boyliklarini talamoqda. O’zlari talagan shuncha boyliklarga to’ymay tilanchilik qilib G’arbdan grantlar va qarz ham so’rashmoqda. Mana o’zining turli manfaatlarini ko’zlagan G’arb qarz berish uchun neft mahsulotlaridan davlat yordamini olib tashlashni shart qilib qo’ymoqda. G’arb buni iqtisodiy muolajalar yo’lidagi bir chora deb ko’rsatmoqda va islohotlar deb atamoqda! Yamanda o’zaro ixtiloflariga qaramay dialogga o’tirgan siyosiy kuchlar tomonidan esa bunga qisinib-qimtinib bo’lsa ham rozilik berishdan boshqa narsa bo’lmadi. Chunki bu kuchlar agar bunga qarshi chiqishadigan bo’lsa o’zlariga islohotlar va muolajalarni rad etdi degan ayblov qo’yilib, xalqaro jazo choralari qonuniga nishon bo’lishlarini yaxshi bilishadi!! Shuning uchun ham biz ko’raverib o’zimiz o’rganib qolgan odatdagi norozilik namoyishlarini ko’rmadik. Vaholanki arzimas sabablar bilan namoyishlarga chiqishayotgan edi. Bu safar esa hammaga ziyon etkazadigan bu jinoyat dahshatli ekaniga qaramay namoyishlarga chiqishmadi. Chunki barcha siyosiy kuchlar va ularning partiyalari bu zaharli dozaga rozi bo’ldi-da!!

 Biz oldin, 2014 yil 14 mayda chiqqan «Boyliklarga to’la er Yamandagi neft mahsulotlari muammosi» nomli matbuot bayonotida neft mahsulotlari muammosining asl sabablarini bayon qilgan edik, uning xalq bu mahsulotlarni qidirib holdan toyganidan keyin mana shu zaharli dozani qabul qilishga majbur bo’lishi uchun, xalqni shunga ko’niktirish uchun ataylab sun’iy ravishda paydo qilingan siyosiy muammo ekanini bayon qilgan edik. Mana endi hodisalar biz ogohlantirgan tarzda yuz bermoqda. Chunki biz dialogga o’tirgan bu siyosiy kuchlarning Yaman ahli aqidasidan olingan va hayot muammolarini muolaja qiladigan uyg’onish loyihasiga ega emasligini, aksincha ular G’arb tomonidan berilgan echimlarni qo’sh-qo’llab ilib olishlarini, G’arbga qadamma-qadam, qarichma-qarich ergashishlarini yaxshi bilardik.

 Davlatning vojib vazifasi odamlarning ichki va tashqi ishlarini Islom hukmlariga muvofiq e’tibor bilan boshqarishdir. O’shanda davlat odamlardan zulmni ko’tarib tashlaydi va ularga Alloh ularga ato etgan boyliklardan iborat haqlarini beradi. Shore’ bu boyliklarni omma mulki qilib qo’ydi. Davlat bu boyliklarni xuddi etim moliga homiylik qilib, ma’ruf bilan eydigan va haqdorga sarflaydigan kishi kabi e’tibor berib nazorat qiladi. Bu erda qo’llab-quvvatlovni olib tashlash degan narsa bo’lmaydi, aksincha zulmni olib tashlash bo’ladi, zulmni olib tashlash boylikni adolat bilan taqsimlash orqali va boylikni behuda sovuradiganlarni, talonchilarni, o’g’rilarni va turli korruptsiyachilarni tiyib qo’yish orqali amalga oshadi. Qolaversa ular qaysi qo’llab-quvvatlov haqida gapirishyapti, o’zi?! Go’yo davlat bu mahsulotlarga otasining molidan sarflayotgandek shu haqda safsata sotishmoqda. Bu albatta ruvaybizalar zamonidagi bir yuzsizlikdir. Bundan ham xunukrog’i davlat bu boyliklar xalq mulkidir deb jar sola turib bu boyliklarni odamlarga ular xuddi mijozlardek juda baland narxlarda sotayotganidir!! Ayni vaqtda neft qazib olayotgan ajnabiy shirkatlar arslon ulushiga – qazib olinayotgan neftning yarmiga, balki undan ham ko’prog’iga – ega bo’lmoqda, qolgan yarmiga esa mamlakatdagi nufuzli «qashqir»lar egalik qilmoqda, davlat xazinasiga esa neftdan – davlat mas’ullarining o’zlari aytganidek – faqat 20 %igina qolyapti, xolos!!

 Kasallik ildizi va baloning sababi Yaman ustiga zo’ravonlik bilan o’rnatilgan kapitalizm nizomidir. Chunki kapitalistik shirkatlar yurtlarimiz boyliklarini globallashtirish, xususiylashtirish degan niqob ostida va boshqa ochko’z uslublar bilan talamoqda, kapitalistlarning, ichkari va tashqaridagi nufuzli kimsalarning foydasiga konstitutsiyalar va qonunlar ishlab chiqilmoqda. Oqibatda fasod, korruptsiya qonun bilan himoya qilinadigan bo’lib qoldi. Shuning uchun demak davlatni korruptsiyachilarga va talonchilarga chek qo’yishga chaqirishimiz o’ta go’llikdir. Chunki aslida davlat va uning nizomlarining o’zi talonchidir. Shuning uchun biz talab ketilgan mablag’larni qaytarib olib kelish haqidagi qonun loyihasi qanday badbashara «tug’ilgani»ni va dafn qilinganini, ana shundan keyin siyosiy kuchlarning o’zaro sulhga kelgani haqida xabarlar kelib ana shu qonun loyihasini kulga aylantirib yuborganini ko’rdik!!

 Yamandagi partiyalar va tashkilotlardan iborat siyosatchilarning es-hushlariga qaytishlari vaqti kelmadimikin. Ular G’arb va uning saqofati bilan bo’lgan aloqalarini uzishlari, o’zlarining muammolari muolajalarini o’zlarining buyuk dinlari hukmlaridan olishlari va shu dindan olingan loyihani tabanniy qilishlari lozim. Aks holda ular o’zlarining fikriy jihatdan sinib abgor bo’lishganini e’lon qilib o’zlarining partiyalarini tarqatib yuborishsin va siyosiy hayotdan chetlanishsin. Ular siyosiy hayotni aldov, adashtirish, tor xudbinona manfaatlardan iborat jirkanch makiavellichilik bilan olib borishmoqda. Shuning uchun ular siyosiy hayotdan o’zlarini chetga olishsin. Bu ularning o’zlariga ham va xalqqa ham yaxshi bo’ladi.

 Ey Yamandagi ahlimiz: biz sizlarning ayanchli ahvolingizdan foydalanib sizlar orqali va sizning yordamingizda bir onli tor xudbinona manfaatlarga erishishimiz uchun sizlarga tilyog’lamachilik qilmaymiz. Aksincha biz Alloh bizga buyurgan vojib vazifamizni Alloh rizoligini qasd qilgan holda bajaryapmiz, Alloh Subhanahuni rozi qiladigan narsaga birgalikda harakat qilishimiz uchun sizlarga nasihat qilmoqdamiz, o’zimizni ham, sizlarni ham mana bu eb to’ymas kapitalizm nizomlari sharoitidagi tang hayotdan barcha ishlarimizni Islom hukmlariga muvofiq g’amxo’rlik bilan boshqaradigan davlat soyasidagi yaxshi hayotga, mukarramlik hayotiga olib chiqishimiz uchun sizlarga nasihat qilmoqdamiz. U hech bir partiyaniki, hech bir mazhabniki yoki hech bir qavmniki bo’lmaydigan, aksincha hamma odamlarniki bo’ladigan davlatdir. U biz uning hayotning barcha sohalaridagi loyihasini tayyorlab qo’ygan davlatdir. Biz bu davlat uchun sodiq, jiddiy arboblarni tayyorlab qo’yganmiz. Bu er kishilarni mansablar qiziqtirmaydi, qamoqlar va qiyinchiliklar ularni zaiflashtirmaydi. Ular ongli siyosatchi bo’lganlari bois ularni G’arb saqofati, G’arb tuzoqlari va G’arbning soxta yaltiroqligi alday olmaydi. Shunday ekan, G’arb loyihalarini uloqtirib tashlang, bu loyihalarni targ’ib qilayotgan ana shu siyosiy kuchlardan o’zingizni chetga oling, bu kuchlar es-hushiga qaytib, o’z dinlaridan olingan tengsiz hazoriy loyihani tabanniy qilsin. Bu kuchlarning sizlarni yana aldashiga yo’l qo’ymang. Chunki bu kuchlar singan va barbod bo’lgandir. Ularda hech bir loyiha va hech qanday siyosat yo’q, faqat ajnabiyga taqlid qilish bor, xolos. Mana Hizb ut-Tahrir sizlarni bu rejimni buyuk Islom hukmlaridan o’zi tabanniy qilgan shar’iy tariqat bilan ag’darib tashlashga chaqirmoqda. Keling, Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklash uchun birgalikda harakat qilaylik. Chunki o’shandagina G’arbning va uning iflos demokratik fuqarolik davlatining emas, Allohning haqiqiy ansorlari bo’lamiz. Xo’sh, dunyoyu oxirat azizligiga noil bo’lishni istaysizmi?!

 Hizb ut-Tahrirning Yaman viloyatidagi matbuot bo’limi

 Telefon: 735417068

 Elektron pochta: aan1924@gmail.com

 Hizb ut-Tahrir sayti: www.hizb-ut-tahrir.org

 Hizb ut-Tahrirning matbuot bo’limi sayti: www.hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.